Yangiliklar
"O‘zbekiston MET" AJ Markaziy boshqaruv apparati xodimlari «Sirg‘ali» podstansiyasiga press-tur uyushtirishdi
  • 24.09.2021
  • 275

  Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari X.B.Elmurodov tomonidan 2021-yil 14-sentabrdagi tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq bugun, 2021-yil 24-sentabr kuni  "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati Markaziy boshqaruv apparati xodimlari, asosan ofislarda xizmat qiluvchi ma'muriyat mutaxassislarining navbatdagi press-tur tadbiri bo‘lib o‘tdi.

  Press-turning navbatdagi manzili 2020-yilda qurib foydalanishga topshirilgan, yangi, zamonaviy qurilma hamda asbob-uskunalar bilan jihozlangan 220 kV kuchlanishli «Sirg‘ali» podstansiyasi bo‘ldi.

  Ma'muriyat — hisob-kitob, kadrlar bilan ishlash, ijro intizomi hamda boshqa tashkiliy-ma'muriy ishlar bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislarda energetika ob'ektiga uyushtirilgan sayyohat bir olam taassurotlar baxsh etdi.

  Navbatdagi press-tur kelgusi haftaning juma kuniga belgilangan.  

 

"O‘zbekiston MET" AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>