Yangiliklar
“Navoiy magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi podstansiyalarda 243 MVA qo‘shimcha quvvatlar ishga tushirildi
  • 09.10.2021
  • 217

  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 17-noyabrdagi “Janubiy-g‘arbiy podstansiyalarni modernizatsiya qilish to‘g‘risida”gi PQ-2264 sonli qaroriga asosan 220/110/10 kV “Ximiya” podstansiyasida quvvati 200 MVA bo‘lgan AT-3 avtotransformatorining qurilish-montaj ishlar tugatilib, mavjud quvvatlarni oshirish maqsadida qo‘shimcha o‘rnatilayotgan transformatorga kuchlanish berildi. Buning natijasida yuqori kuchlanishli podstansiyada qo‘shimcha 200 MVA quvvat zaxirasi yaratildi.

 

  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-oktyabrdagi 455-F-sonli farmoyishiga asosan Navoiy kon-metallurgiya kombinati davlat korxonasidan qabul qilingan podstansiyalarni modernizatsiya va rekonsruksiya qilish bo‘yicha 2021-yilda 220/35/6 kVli “Gornaya” podstansiyasida 2x20 MVAli transformatorlarni 2x63 MVAga almashtirish, 6 dona reaktorlar o‘rnatilishi rejalashtirilgan bo‘lib, T-1 kuch transformatori 63 MVA yuqori quvvatli yangi transformatorga almashtirilib, ishga tushirildi. Buning natijasida qo‘shimcha 43 MVA quvvat zaxirasi yaratildi.

 

  Bugungi kunda T-2 transformator ham 63 MVA quvvatlisiga almashtirilib, montaj ishlari olib borilmoqda. Natijada qo‘shimcha yana 43 MVA quvvat zaxirasini yaratish rejalashtirilgan.

Sardor Xikmatov, «Navoiy MET» filiali Mustahkamlik va xavfsizlik texnikasi guruhi yetakchi muhandisi

✍️"O‘zbekiston MET" AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>