Yangiliklar
O‘zbekiston energetika loyihasi uchun birinchi korporativ kredit oladi
  • 11.10.2021
  • 279

   YTTB delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi tarixida energetika loyihasini amalga oshirish uchun davlat kafolatisiz birinchi korporativ kredit ajratilishi to‘g‘risidagi hujjat imzolandi.

  Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) delegatsiyasiga Barqaror infratuzilma guruhi boshqaruvchi direktori Nandita Parshad va Markaziy Osiyo bo‘yicha boshqaruvchi direktor Jujanna Xargitay boshchilik qilishdi.

  YTTB va Energetika vazirligi mutasaddiligidagi “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ o‘rtasida kredit olish uchun mandat xati imzolandi.

  Moliyalashtirish mablag‘lari 500 kV Sarimoy-Jonkeldi yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘ini qurish uchun investitsiya loyihasini amalga oshirishda ajratiladi. Bu elektr uzatish tarmog‘i mamlakatning ikki viloyatida bo‘lajak shamol elektr stansiyalarining quvvatini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta'minlaydi: Quvvati 500 MVt bo‘lgan “BASh” shamol elektr stansiyasi (Buxoro viloyati) va quvvati 500 MVt bo‘lgan “Jonkeldi” shamol elektr stansiyasi (Navoiy viloyati).

  Shuni alohida ta'kidlash kerakki, mazkur ikkita shamol elektr stansiyasini qurish loyihalari Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi tomonidan davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirilmoqda. Mazkur loyiha bo‘yicha 2021-yilning 24-yanvar kuni loyihaning ushbu bosh pudratchisi bilan aholi va mamlakat iqtisodiyotining o‘sib borayotgan talabini qondirish uchun foydalaniladigan elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risida shartnoma imzolandi.

O‘zbekiston Respublikasi
Energetika vazirligi Matbuot xizmati

https://minenergy.uz/uz/news/view/1519

https://uza.uz/oz/

✍️"O‘zbekiston MET" AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>