Kelib tushgan murojaatlar
Murojaat: «Men 3 yildan buyon xalqimizga xizmat qilib kelayotgan yosh tadbirkorman, talabaman, oila boquvchisi ham menman... Do‘konimga yerostidan elektr kabeli torttirish kimning vazifasiga kiradi?»
  • 25.08.2021
  • 354

Murojaat egasi: Mahkamov Jahongir Qahramon o‘g‘li

Murojaatchining manzili: Toshkent shahri, Mirobod tumani, jaxongirmaxkamov@outlook.com

Murojaat mazmuni: «Assalomu alaykum! Men Toshkent shahar Mirobod tuman, Qo‘yliq mavzesi, Ziyo-nur mahalasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorman. Faoliyatim chakana savdo bo‘lib, 2018-yildan buyon xalqimizga xizmat qilib kelmoqdaman. Yosh tadbirkorman, talabaman, oila boquvchisi ham menman. Murojaatim mazmuni elektr ta'minotiga taalluqli... Mening tadbirkorlik faoliyatim joylashgan manzil “Obod dastur” doirasida obodonlashtirilmoqda. Shu bois elektr shitdan tortilib simyog‘och orqali kelgan elektr energiyamni, ya'ni “Toshshaharnur” simyog‘ochida turgan elektr energiyasi kabelini olishim kerak ekan. Bu narsa “Toshkent shahar elektr ta'minoti” korxonasi xodimlari tomonidan ta'kidlanmoqda. Xullas, elektr shitdan simyog‘och orqali kelgan kabelni savdo do‘konimgacha bo‘lgan qismini yerostidan olib o‘tishim lozim emish. Bu ishni tezroq, yo‘l asfalt qoplamasi bilan tekislangunga qadar qilish kerak ekan.

Men elektr energiyasi ishlarini tushunmasam, iste'molchi sifatida shartnoma asosida har oy foydalangan elektr ta'minotim uchun pul to‘lasam, ularning o‘zlari bu ishni qilishi kerak emasmi?! Shu haqida ma'lumot bersangiz...

Agarda mening majburiyatimga kirsa, simyog‘ochda turgan kabelimni taxminan 100–120 metr masofaga yerostidan o‘tkazishim kerak va bunga katta mablag‘ sarflayman. O‘zboshimchalik bilan qiladigan bo‘lsam, elektr shitdan tarqagan simlar qanday joylashganini bilmayman. Bu ishni bilar-bilmas odamga ham aytib qildirish noto‘g‘ri bo‘lar... Menga shu haqida batafsil ma'lumot bersangiz.»

Murojaatga javob: Hurmatli fuqaro Mahkamov Jahongir Qahramon o‘g‘li, Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining "Murojaatlar" rukni orqali yuborgan so‘rovingiz tegishli tartibda qayd etildi va Siz murojaatda ko‘targan masala "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati vakolatlari doirasiga kirmagani bois, turdosh tashkilot — "Hududiy elektr tarmoqlari" AJning matbuot xizmatiga yo‘naltirildi. Umid qilamizki, mas'ul xodimlar murojaatingizni o‘rganib, sizga tegishli tartibda javob berishadi.

 MA'LUMOT O‘RNIDA: "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalar orqali elektr energiyasini uzatish (transportirovka qilish), 220-500 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i va podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish, shuningdek, magistral elektr tarmoqlarida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya ishlarini bajarish, bundan tashqari, elektr energiyasi importi va eksporti masalalari bilan shug‘ullanib, iste'molchilar bilan bevosita shartnomalar imzolamaydi.

Ijtimoiy tarmoq sahifalari: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/8732

 ‼ Iste'molchilar bilan bevosita shartnomalar tuzish hamda ularga elektr energiyasini yetkazib berish, iste'molchilar bilan o‘zaro hisobdorlik yuritish, shuningdek, past kuchlanishli tarmoqlarni rivojlantirish, simyog‘och va transformatorlar o‘rnatish, shu bilan birga, ko‘plab boshqa xizmatlarni ko‘rsatish “HUDUDIY ELeKTR TARMOQLARI” AJning vakolatiga kiradi.

  ⇒ “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat uchun:

 het.uz – rasmiy veb-sayti

 Telegram – @hetmuloqot, @HET_admin

 Facebook – Hududiy elektr tarmoqlari

 Call centre: 1154

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Axborot xizmati

Ishonch telefoni (Call markaz) +998 55 500-55-45

 t.me/uzmetaxborotxizmati

>