Yangiliklar
JAMIYATIMIZNING MO‘TABAR AYOLLARI UCHUN YANA BIR IMKONIYAT!
  • 08.11.2021
  • 630

  Mamlakatimizda kitobxonlik va mutolaa madaniyatini yuksaltirish maqsadida barcha imkoniyatlar ishga solinmoqda. Shu maqsadda bugungi kunda internet va ijtimoiy tarmoqlardagi yengil-yelpi mavzulardan biroz chetlashgan holda “tosh bosadigan” asl adabiyot mutolaasiga da'vat etilmoqda.

 

  Shuning natijasi o‘laroq hozirda barchamizning e'tiborimizdan ma'lum ma'noda chetda qolib borayotgan markaziy nashrlarga, gazeta va jurnallarga ixtiyoriy tarzda obuna bo‘lish targ‘ib qilinyapti. Ko‘pgina tashkilotlar bilan davriy nashrlar hamkorligi ham yo‘lga qo‘yilmoqda. Xususan, xotin-qizlarning sevimli nashri bo‘lgan “Saodat” jurnali hamda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati o‘rtasida “Do‘stlar klubi” tashkil etildi. Bundan ko‘zlangan maqsad — jamoamizdagi barcha xotin-qizlar faoliyatini mana shunday nomdor jurnal sahifalarida e'lon qilib borish va shu asnoda bir-biridan qiziqarli maqola va badiiy asarlar bilan bahramand qilishdan iboratdir.

 

 Safimizda uzoq yillardan buyon energetika sohasida fidoyilarcha xizmat ko‘rsatib kelayotgan zahmatkash ayollarimiz juda ko‘p. Ularning har biri haqida qo‘shsahifa maqolalar, esselar yozish va shuning barobarida bunday namunali faoliyatni mamlakatimiz xotin-qizlari o‘rtasida keng targ‘ib qilish imkoniyati ham berilgan.

  Bir so‘z bilan aytganda, AYOL so‘zi BAXT so‘ziga, SAODAT so‘ziga o‘ta hamohang! Shunday ekan, barcha hamkasabalarimizni “SAODAT” sari chorlab qolamiz!

  Darvoqye, kelgusi yilda mazkur jurnalning qay bir soni sahifalari va albatta muqovasini aynan Sizning suratingiz bezab tursa, ajabmas.

Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! Obuna mavsumi davom etmoqda!

SOHAMIZ SOHIBALARIGA “SAODAT”MANDLIK SOG‘INAMIZ!

Orif TO‘XTASheV, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi maslahatchisi

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

 

 

>