Yangiliklar
“Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari” filialida huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
  • 19.11.2021
  • 274

“O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirishlar kiritish haqida” O‘RQ-719-sonli, “O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi 2021-yil 4-oktabrdagi O‘RQ-720-son qonuni, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingani munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonuni hamda qonunosti hujjatlarining mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tarkibidagi “Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari” filialida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. 

 

Yig‘ilishni ochib berish uchun so‘z olgan “Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari” filiali bosh muhandisi Sh.Sh.Kamilov yuqorida sanab o‘tilgan qonun hujjatlari qabul qilingani munosabati bilan “O‘zbekiston MET” AJning 2021-yil 4-noyabrdagi 330-sonli hamda “Farg‘ona MET” filialining 2021-yil 8-noyabrdagi ShG‘–154-sonli buyruqlari yuzasidan so‘z yuritib, ushbu me'yoriy-huquqiy hujjatlarning ahamiyati haqida so‘zladi.

Notiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tomonidan mamlakatimizda demokratik huquqiy davlat va kuchli fuqarolik jamiyati qurishning umumiy strategiyasini amalga oshirish doirasida qonun ustuvorligini ta'minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish yuzasidan aniq tadbirlar amalga oshirilayotganligiga to‘xtalib o‘tdi.

 Yig‘ilishda so‘zga chiqqan tadbir mehmoni — Farg‘ona viloyati Adliya boshqarmasi xuquqiy targ‘ibot va ma'rifat bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi E.Olimov O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilingani munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Adliya vazirligi tomonidan targ‘ibot materiallari asosida qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyati yig‘ilish qatnashchilarini tushintirdi.

Eslatib o‘tamiz, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatida Adliya vazirligining tavsiyasiga ko‘ra huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilib, ishchi-xodimlarning huquqiy madaniyati darajasi yuksaltirib borilmoqda.

✍️ “Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari” filiali Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti a'zolari

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

Telegram kanaliga a'zo bo‘lish uchun t.me/uzmetaxborotxizmati

>