Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ashxobod shahrida bo‘lib o‘tgan Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammitida ishtirok etdi
  • 28.11.2021
  • 278

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ashxobod shahriga jo‘nab ketdi. U yerda davlatimiz rahbari Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammitida ishtirok etadi.

Tadbir kun tartibidan tashkilot doirasida ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari o‘rin olgan.

Turkmaniston poytaxtida davlatimiz rahbari qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham o‘tkazadi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun Ashxobod shahriga keldi

Aeroportda davlatimiz rahbarini Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov kutib oldi. Shundan so‘ng mamlakatlarimiz yetakchilari muzokara o‘tkazdilar.

Ikki tomonlama yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Ashxobod shahrida o‘tayotgan IHT sammiti doirasida Prezident Shavkat Mirziyoyev Pokiston Prezidenti Orif Alviy bilan uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston-Pokiston ko‘p qirrali hamkorligini yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Sheriklik aloqalari, eng avvalo iqtisodiyot yo‘nalishida jadal rivojlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Mintaqa kun tartibidagi dolzarb masalalar, shu jumladan Afg‘onistonda vujudga kelayotgan vaziyat muhokama qilindi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ashxobod shahrida o‘tayotgan Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashuv o‘tkazdi

Davlat rahbarlari strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalarini ko‘rib chiqdilar. Keng ko‘lamli savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada mustahkamlash muhim ekani qayd etildi.

yetakchilar Markaziy Osiyo mintaqasidagi vaziyatning rivojlanishi yuzasidan ham fikr almashdilar.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Ashxobodda o‘tgan Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etdi

IHTni jadal rivojlanayotgan tashkilot sifatida mustahkamlashga qaratilgan ko‘p  tomonlama sheriklikni yanada kengaytirish, savdo, transport-kommunikatsiyaviy o‘zaro bog‘liqlik, sanoat kooperatsiyasi, “yashil” iqtisodiyot va turizm masalalari muhokama qilindi.

Prezidentimiz hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha qator aniq takliflarni ilgari surdi.

Turkmaniston poytaxtida o‘tayotgan Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli munosabatlarni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Prezidentlar Afg‘onistondagi bugungi vaziyatdan kelib chiqib mintaqa kun tartibi hamda xalqaro tashkilotlar doirasidagi yaqin muloqotni davom ettirish masalalariga ham alohida e'tibor qaratdilar.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Ashxobod shahrida o‘tgan Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etib, Toshkentga qaytib keldi

Davlatimiz rahbari sammitdagi nutqida hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ko‘plab takliflarni ilgari surdi.

Anjuman yakunida Harakatlar uchun Ashxobod konsensusi imzolandi.

Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga raislik 2022-yilda O‘zbekistonga o‘tgani sammitning muhim natijalaridan biri bo‘ldi.

#Mirziyoyev #sammit #IHT #hamkorlik

Manba: https://t.me/shmirziyoyev

https://president.uz

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>