Yangiliklar
Yangi elektr ob'ektlari qurilishi munosabati bilan Yakkabog‘, Shahrisabz va Kitob tumanlari iste'molchilar ertaga, 3 soat davomida vaqtincha tarmoqdan uzilib turiladi
  • 29.11.2021
  • 281

❗️ Qashqadaryo viloyati iste'molchilari elektr ta'minoti ishonchliligini yanada oshirish  maqsadida olib borilayotgan yangi elektr ob'ektlari qurilishi munosabati bilan Yakkabog‘, Shahrisabz va Kitob tumanlari iste'molchilar ertaga, 3 soat davomida vaqtincha tarmoqdan uzilib turiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 9 yanvardagi “2020–2022 yillarda O‘zbekiston Respublikasining investitsiya dasturini amalga oshirish to‘g‘risida”gi PQ-4563-sonli qaroriga asosan, Qashqadaryo viloyati G‘uzor, Qamashi, Yakkabog‘, Shahrisabz va Kitob tumanlarini uzluksiz elektr  energiyasi bilan taminlash maqsadida, 500 kV kuchlanishli “G‘uzor” podstansiyasidan 220 kV  kuchlanishli yangi qurilayotgan “Amir Temur”  podstansiyasigacha 220 kV li havo elektr tarmog‘ining qurilishi loyihasi asosida 220 kVli L-Amir Temur-2  havo  elektr  tarmog‘i qurilishi yakunlanmoqda.

Shu bois, 220 kV kuchlanishli L-Amir Temur-2  elektr uzatish tarmog‘ini 12–13-sonli hamda 249–250-sonli ustunlar oralig‘ida sim tortish ishlarini  bajarish  uchun, uning ostidan kesib o‘tgan 110 kVli L-Yakkabog‘-1 va L-Yakkabog‘-2 havo elektr tarmog‘i 2021-yil 30-noyabr kuni soat 9:00 dan 12:00 gacha vaqtincha tarmoqdan uzib turiladi. L-Yakkabog‘-1 va L-Yakkabog‘-2 havo uzatish elektr tarmog‘ini vaqtincha tarmoqdan uzish natijasida Yakkabog‘, Shahrisabz va Kitob  tumanlari vaqtincha elektr tarmog‘idan uziladi.   

Yuqoridagi amaliyotlar kuz-qish mavsumida Qashqadaryo viloyati iste'molchilari elektr ta'minoti ishonchliligini yanada oshirish maqsadida amalga oshirilmoqda. Keltirilgan noqulayliklar uchun iste'molchilardan uzr so‘raymiz.

Veb-sahifaTelegram  ‖ FacebookInstagramTwitterUtubeYoutube

✍️ «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

>