OAV va jamoatchilik bilan ishlash
Energetika vazirligi tomonidan poytaxtimizning Yashnobod tumanida zamonaviy bog‘ barpo etildi (foto)
  • 30.12.2021
  • 422

  Yangi yil bayrami arafasida Prezidentimizning tashabbusi bilan joriy etilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tomonidan Toshkent shahrining Yashnobod tumani “Alimkent” ko‘chasi hududida zamonaviy bog‘ barpo etilib, foydalanishga topshirildi.

 


  Ushbu zamonaviy yashil maskanning umumiy maydoni 1,5 gektar bo‘lib, uning tarkibiga elektron kutubxona, bepul Wi-Fi hududlari bilan jihozlangan ko‘kalamzorlashtirilgan alleya, vorkaut hududi va avtoturargoh kirgan.

  Bog‘ hududi ikkita zamonaviy monitor, 40 ta o‘rindiq, musiqali ovoz kuchaytirgich vositalari bilan jihozlangan. Ahamiyatlisi, elektr energiyasidan oqilona foydalanish maqsadida 80 dona quyoshdan quvvatlanuvchi yoritish chiroqlari o‘rnatilgan.

 


  Loyiha doirasida atrof-muhitning tozaligini asrash, aholi uchun ekologik shinam sharoitlar yaratish maqsadida hududda 5 mingta mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.

  Prezidentimizning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida qarovsiz hududda Yashnobod tumani hokimligi bilan kelishilgan holda zamonaviy bog‘ni bunyod etishni niyat qilgan edik va mana ko‘rib turganingizdek qisqa vaqt ichida ushbu shinam maskan bunyod etilib foydalanishga topshirildi. Yangi istirohat bog‘i o‘zining ilk mehmonlarini qabul qila boshladi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 
 

 

 

 

 

 

 
Eski holat

 

 
Eski holat

 

 
Eski holat

 


  O‘zbekiston Respublikasi
  Energetika vazirligi Matbuot xizmati

  https://minenergy.uz/uz/news/view/1690

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>