Yangiliklar
Energetika vazirligi: Buxoro viloyatidagi quvvati 270 MVt bo‘lgan issiqlik elektr stansiyasi respublikamizning yagona elektr tarmog‘iga quvvat uzatishni boshladi
  • 12.01.2022
  • 256

  Avval xabar berganimizdek, 2021-yil 31-dekabr kuni Turkiyaning “Aksa Enerji” kompaniyasi tomonidan Buxoro viloyatining Buxoro tumanida qurilgan, quvvati 270 MVt bo‘lgan gaz-porshenli issiqlik elektr stansiyasining ilk qurilmasi ishga tushirilgan edi.

  Mazkur elektr stansiya bugun, 2022-yil 11-yanvar kuni soat 16:32 da O‘zbekistonning yagona elektr tarmog‘iga quvvat uzatishni boshladi.

  Ushbu issiqlik elektr stansiyasi yiliga 2,2 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarib, viloyatning 80 foiz iste'molini qoplaydi.

  Qurilmalarning foydali ish koefitsienti yuqoriligi hisobiga yiliga 260 million metr kub tabiiy gaz tejaladi. Tejalgan tabiiy gaz hisobiga qo‘shimcha 900 million kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoni yaratiladi.

  Ushbu investitsiya loyihasi Prezidentimizning 2021-yil 4-martdagi PQ-5018-son qaroriga muvofiq davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida amalga oshirildi.

  Umumiy qiymati 150 million AQSh dollari teng bo‘lgan mazkur loyiha Turkiyaning “Aksa Enerji” kompaniyasi tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar hisobiga amalga oshirildi.


  O‘zbekiston Respublikasi

  Energetika vazirligi Matbuot xizmati

  https://minenergy.uz/uz/news/view/1708

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>