OAV va jamoatchilik bilan ishlash
OAV: «O‘zbekiston energetika tizimining Tojikiston energetika tizimi bilan parallel ishlashi yo‘lga qo‘yiladi»
  • 01.01.2022
  • 306

O‘zbekiston energetika tizimining qo‘shni davlatlar energetika tizimlari bilan barqaror ishlashini ta’minlash rejalashtirilmoqda. Bu 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” loyihasida belgilangan.

Foto: Shutterstock

Xususan, O‘zbekiston energetika tizimining Tojikiston energetika tizimi bilan parallel ishlashi ta’minlanadi. Bunda: 64 km uzunlikdagi 500 kVli L-507 elektr uzatish tarmog‘ini tiklash; L-503 havo tarmog‘ini Tojikiston hududidagi 500 kVli “So‘g‘d” podstansiyasiga ulash ishlarini boshlash mo‘ljallangan.

Shuningdek, sanoat tarmoqlarida yo‘qotishlarni kamaytirish va resurslarni ishlatish samaradorligini oshirish ham ko‘zda tutilgan.

Sanoat tarmoqlarida yo‘qotishlarni kamaytirish va resurslarni ishlatish samaradorligini oshirish bo‘yicha “Yashil” iqtisodiyotga o‘tish va energiya tejamkorlik dasturini ishlab chiqish rejalashtirilmoqda. Bunda:

  • sanoat tarmoqlarida 3,9 mlrd kub metr tabiiy gaz, 4 mlrd kVt soat elektr energiyasi va 21 ming tonna neft mahsulotlarini tejash orqali energiya sig‘imini 20 foizga, shu jumladan 2022 yilda 5 foizga kamaytirish;

  • har bir tarmoq kesimida resurslarni ishlatish samaradorligini oshirish va energiya tejamkorlik dasturlarini ishlab chiqish;

  • bino va inshootlarda energiya samaradorlikni 30 foizga oshirish;

  • chiqindisiz ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy etishni rag‘batlantirish mexanizmlarini joriy etish nazarda tutiladi.

Yirik sanoat korxonalarida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish bo‘yicha loyihalar ro‘yxati tasdiqlanadi hamda ularni moliyalashtirish manbalari belgilanadi.

2022-2024 yillarda iqtisodiyot tarmoqlari kesimida ishlab chiqarishni modernizatsiya va rekonstruksiya qilish natijasida energiya resurslarini tejashni nazarda tutuvchi texnik chora-tadbirlar dasturi ham ishlab chiqiladi.

Sohalar va yo‘nalishlarda yoqilg‘i-energiya iste’moli bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning energiya iste’moli muntazam tahlil qilib boriladi. Sohalar va yo‘nalishlarda yoqilg‘i-energiya iste’moli bo‘yicha me’yorlarga rioya etilishi va doimiy ravishda yangilanishi ta’minlanadi.

Yirik ishlab chiqarish korxonalarida energiyani tejash va samaradorligini oshirish bo‘yicha texnik siyosat ishlab chiqiladi hamda uning ko‘rsatkichlarini yillik biznes-planlarga kiritgan holda tegishli boshqaruv organlarida tasdiqlash amaliyoti joriy etiladi.

 

https://kun.uz/uz/news/

✍️ «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

 t.me/uzmetaxborotxizmati

>