Yangiliklar
Prezidentimizning umumiy quvvati qariyb 1 100 MVt bo‘lgan 4 ta quyosh fotoelektr stansiyasini qurish bo‘yicha qarorlari qabul qilindi
  • 19.01.2022
  • 242

Prezidentimiz tomonidan respublikamizning 4 ta viloyatida quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish bo‘yicha qarorlari imzolandi. Ushbu qararlarga asosan 2023-yil yakuniga qadar umumiy quvvati 1 096,6 MVt bo‘lgan 4 ta quyosh fotoelektr stansiyalari ishga tushiriladi.

Xususan:

Birinchi qaror. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2022-yil 14-yanvarda “Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida quvvati 456,6 MVt bo‘lgan fotoelektr stansiyasi qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-85-son qarori imzolandi.

2023-yilning dekabr oyiga qadar Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida BAAning “Masdar” kompaniyasi tomonidan quvvati 456,6 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushiriladi.

Ikkinchi qaror. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2022-yil 14-yanvarda “Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida quvvati 220 MVt bo‘lgan fotoelektr stansiyasi qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-86-son qarori imzolandi.

2023-yil oktyabr oyiga qadar Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida BAAning “Masdar” kompaniyasi tomonidan quvvati 220 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushiriladi.

Uchinchi qaror. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2022-yil 14-yanvarda “Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida quvvati 220 MVt bo‘lgan fotoelektr stansiyasi qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-87-son qarori imzolandi.

2023-yil oktyabr oyiga qadar Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida BAAning “Masdar” kompaniyasi tomonidan quvvati 220 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushiriladi.

To‘rtinchi qaror. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2022-yil 14-yanvardagi “Navoiy viloyati Nurota tumanida quvvati 200 MVt bo‘lgan fotoelektr stansiyasini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-88-son qarori imzolandi.

2023-yilning noyabr oyiga qadar Navoiy viloyatining Nurota tumanida Niderlandiyaning “Phanes Energy Holding III B.V.” kompaniyasi tomonidan quvvati 200 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi
Energetika vazirligi Matbuot xizmati

https://minenergy.uz/uz/news/view/1716

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>