OAV va jamoatchilik bilan ishlash
OAV: "Qirg‘iziston Qozog‘iston va O‘zbekistonning energetika vazirlarini To‘qto‘g‘ulga chaqirdi"
  • 19.01.2022
  • 316

  Energetika vazirligi Qozog‘iston va O‘zbekiston energetika vazirlarini To‘qto‘g‘ul suv omboridagi vaziyat bilan tanishish uchun Qirg‘izistonga taklif qildi. Bu haqda bugun parlamentning Yoqilg‘i-energetika masalalari va yer osti boyliklari qo‘mitasi yig‘ilishida Energetika vaziri Do‘squl Bekmurzaev ma'lum qildi. “2022-2023-yildan o‘tish bo‘yicha yanvar oyining uchinchi o‘n kunligiga Qozog‘iston energetika vaziri, suv xo‘jaligi vazirini, O‘zbekistonning energetika vaziri va suv xo‘jaligi vazirini taklif qildik. Ularni To‘qto‘g‘ul GESiga olib borib, suv hajmini ko‘rsatamiz.  Biz raqobatda bo‘lmay hamkor bo‘laylik deya taklif qilib xat yubordik”.

  “Elektr stansiyalari” korxonasining saytida suv omboridagi suv hajmi 18-yanvar holatiga ko‘ra, 9 milliard 559 kub metrni tashkil qilmoqda.

  Qirg‘iziston Qozog‘iston va O‘zbekistondan elektr energiyasini To‘qto‘g‘uldagi suv tanqisligining oldini olish evaziga oladi. Turkmanistondan elektr energiyasini ham import qila boshlagan.

  To‘qto‘g‘ul suv ombori Norin daryosida qurilgan. Undan boshqa qator daryolar – Ko‘ko‘meren, Chichqon, Uzun-Axmat, Tarkent va boshqa daryolar oqib keladi. O‘tgan yili ushbu mamlakat hukumati yomon ob-havo tufayli suv tanqisligi haqida ogohlantirgan edi. Yozda Qirg‘izistonning qo‘shnilari Qozog‘iston va O‘zbekistonga sug‘orish uchun To‘qto‘g‘uldan suv chiqaradi.

  http://mulkdor.com/news/30186/

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>