Yangiliklar
«Namangan MET» filiali xodimlari yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarini nazorat ko‘rigidan o‘tkazishmoqda
  • 22.01.2022
  • 358

 

© «INFOgrafika» studiyasi mahsuloti

  ⇒ https://youtu.be/h66-0ivp36I

  ✅ «Namangan magistral elektr tarmoqlari» filiali xodimlari Qamchiq dovoni orqali o‘tgan yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarini texnik-muhandislik nazoratidan o‘tkazib chiqishmoqda...
 
  ✔️ “Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufida jami uzunligi 508,1 kilometr bo‘lgan elektr uzatish havo tarmoqlari mavjud. Jumladan: 500 kV— 58,686 km, 220 kV – 341,00 km va 110 kV kuchlanishli – 107,92 km.

  ✔️ Shundan 220 kV kuchlanishli L-25-O, L-Obihayot hamda 500 kV kuchlashli L-524 texnik nomli havo tarmoqlari Namangan viloyati, Pop tumani, A-373 Kamchiq dovonidan o‘tadigan avtomagistral yo‘l yonidagi Qurama tog‘ining yuqori cho‘qqilarida joylashgan.

 ❄️ Ushbu yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarida kuz-qish mavsumida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulotda holat yoki avariyali o‘chishlarni bartaraf etish uchun maxsus texnikalarda harakatlanishning sira imkoni yo‘q.

  ✔️ Shunga qaramasdan, “Namangan MET” filialining Liniyalar xizmati xodimlari kuchli qor va yomg‘irdan so‘ng baland nuqtadagi elektr tarmoqlarini piyoda yurib, ko‘zdan kechirib, nazorat ko‘rigidan o‘tkazishadi. Aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilib, elektr ta’minotining ishonchliligi oshiriladi.

  ► Kapital va joriy ta’mirlash ishlari esa bahor-yoz oylarida, maxsus texnika yordamida amalga oshiriladi.

 

 ‖ Veb-sahifa ‖  Telegram ‖  FacebookInstagramTwitterUtubeYoutube

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>