Yangiliklar
Jurnalist va blogerlarga, axborot agentliklari hamda tele-radio tahririyatlariga minnatdorlik izhor etamiz
  • 26.01.2022
  • 344

  “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati Axborot xizmati elektr ta'minoti umumtizimida kecha yuz bergan yirik nosozlik oqibatida yuzaga kelgan vaziyatni, xususan elektr ta'minoti tiklanayotgani to‘g‘risidagi ma'lumotlarni tezkor ravishda o‘zining axborot platformasida jamoatchilik e'tiboriga havola etishda yordam bergan jurnalist va blogerlarga, axborot agentliklari hamda tele-radio tahririyatlariga o‘z minnatdorligini izhor etadi.

  Energetika vazirligi hamda vazirlik tizimidagi tarmoq tashkilotlarning rasmiy kanallarini kuzatishda davom eting. Sizni kecha sodir bo‘lgan favqulodda holatdan so‘ng mamlakatimizda olib borilayotgan ta'mirlash-tiklash ishlaridan xabardor etishda davom etamiz.

  Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

 

  ‖ Veb-sahifa ‖  Telegram ‖  FacebookInstagramTwitterUtubeYoutube

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>