OAV va jamoatchilik bilan ishlash
“Super Leo” kitoblari O‘rta-Chirchiq tumanidagi jajji kitobsevarlarga topshirildi
  • 12.04.2022
  • 379

Avval habar berganimizdek, Energetika vazirligi va “ERIELL Group” kompaniyasi tomonidan bugungi kunda dolzarb bo‘lgan energotejamkorlik va energosamaradorlikka bag‘ishlangan kitob chop etilgan edi.

 

Energetika vazirligi tomonidan yosh kitobsevar bolajonlarga kitoblar yetkazilishi davom etmoqda. Bizning navbatdagi manzilimiz Toshkent viloyatining O‘rta-Chirchiq tumanida joylashgan maktabgacha ta'lim tashkilotlaridan birida bo‘ldi.

Toshkent viloyatining O‘rta-Chirchiq tumanidagi 19-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida 276 dan ortiq tarbiyalanuvchilarga ega o‘zbek va rus tillaridagi guruhlar mavjud.

 

 

 

Bugun, 12-aprel kuni Energetika vazirligi tomonidan maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyalanuvchilariga “Super Leo” kitoblari topshirildi.

“Super Leo” – bu bolalikdan energiya samaradorlik to‘g‘risidagi bilimlardan xabardorlikka targ‘ib qiluvchi kitobdir.

 

Ma'lumot uchun: Ushbu kitoblar Energetika vazirligi tomonidan qator idora va tashkilotlar hamda maktabgacha ta'lim tashkilotlariga homiylik asosida topshirilmoqda.

 
 
 
 
 
 

O‘zbekiston Respublikasi
Energetika vazirligi Matbuot xizmati

https://minenergy.uz/uz/news/view/1906

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

>