Yangiliklar
Pokistondagi «Karachi» atom elektr stansiyasining uchinchi energiya bloki ishga tushirildi
  • 06.05.2022
  • 385

18-aprel kuni Xitoyning «Hualun-1» reaktoriga ega bo‘lgan «Karachi» AESning uchinchi energiya bloki tijorat maqsadlarida foydalanishga topshirildi.

AES qurilishi 2016-yilning may oyida boshlangan. Reaktorning normal ishlashi shartlarini belgilovchi sinovlar muddatidan avval, 2021-yil 4-noyabrda, yakunlangan edi. 31-mart kuni esa «Karachi-3» birinchi marta 100 foiz quvvatga erishdi.

Avvalroq Karachi AESning uchinchi energobloki Pokiston elektr tarmog‘iga ulangani haqida xabar bergan edik.

#atomenergiyasi

Manba: https://t.me/clearenergy/1451

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>