Yangiliklar
Avstraliyada tunda quyosh energiyasini ishlab chiqarish usuli topildi
  • 07.06.2022
  • 367

Avstraliyaning Yangi Janubiy Uels universiteti olimlari tungi vaqtda yerdan oqib chiquvchi energiyani tutish yo‘lini topishdi. Bu quyosh energiyasidan quyosh botgandan keyin ham foydalanish imkoniyatini beradi.

Loyihada, kun davomida yerga singgan issiqlik yer yuzasiga chiqarilib, elektr energiyasiga aylantirilgandan keyingi infraqizil nurlanishni olish uchun termoradiatsiya diodidan foydalaniladi.

Bu kabi quyosh energiyasi hali rivojlanishning dastlabki bosqichida. Tadqiqotchilar tomonidan ishlab chiqarilgan energiya miqdori juda kam bo‘lib, u odatdagi quyosh massivining taxminan 0,001% ga teng. Ammo kelajakda texnologiya samaradorligini 10% gacha oshirish kutilmoqda.

Stenford universiteti tungi vaqtda elektr energiyasi ishlab chiqaradigan quyosh panellarini ishlab chiqqani haqida avvalroq xabar bergan edik

#quyoshenergiyasi

Manba: https://t.me/clearenergy/1486

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>