Yangiliklar
Energetika vazirligi huzurida «Milliy dispetcherlik markazi» davlat unitar korxonasi tashkil etilib, Markaz faoliyatining Nizomi tasdiqlandi
  • 16.06.2022
  • 861

Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq Energetika vazirligi huzurida “Milliy dispetcherlik markazi” davlat unitar korxonasi tashkil etildi.

Markazning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:

• yagona elektr energetika tizimini real vaqt rejimida operativ boshqarish va uning ishonchli ishlashini ta'minlash;

• yagona elektr energetika tizimi tarkibiga kiruvchi korxonalarning dispetcherlik boshqaruvini amalga oshirish;

• elektr energiyasiga bo‘lgan talab va taklifdan kelib chiqib, shuningdek, elektr energiyasini ishlab chiqarish va uning iste'mol qilinishiga ta'sir qiluvchi barcha omillarni hisobga olgan holda uni ishlab chiqarish va iste'mol qilishning har soatlik rejimini shakllantirish;

• yagona elektr energetika tizimining texnik va iqtisodiy jihatdan eng maqbul rejimlarda ishlashini ta'minlash;

• yagona elektr energetika tizimining qo‘shni davlatlar energetika tizimlari bilan parallel ravishda ishlash rejimlarini boshqarish;

• Markaz xodimlarini doimiy ravishda xorijda malaka oshirishini ta'minlash hamda malakali xorijiy mutaxassislarni Markazga jalb qilish;

• avariya rejimlari yuzaga kelishining oldini olish, ularni bartaraf etish va avariya rejimi bartaraf etilganidan keyin tizimning ishonchliligini tiklash.

Markaz unga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun bir qator huquqlarga ega. Shu jumladan:

• «Issiqlik elektr stansiyalari» AJ, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ, «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ, «O‘zbekgidroenergo» AJ va tashkiliy-huquqiy shakllaridan qat'i nazar, yagona elektr energetika tizimiga ulangan yangi ishlab chiqarish tashkilotlari hamda yirik iste'molchilarning tezkor xodimlariga elektr energetika tizimidagi elektr energiyasi va quvvat balansini ta'minlash, avariya holatlarining oldini olish, ularni bartaraf etish va avariyadan keyingi rejimlarni tiklash vaziyatlarida qat'iy bajarilishi shart bo‘lgan ko‘rsatmalar berish;

• «Issiqlik elektr stansiyalari» AJ, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ, «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ, «O‘zbekgidroenergo» AJ va tashkiliy-huquqiy shakllaridan qat'i nazar yirik iste'molchilar, yagona energetika tizimiga ulanayotgan yangi ishlab chiqarish quvvatlarining rahbar xodimlariga Markaz vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha farmoyish va tavsiyalar berish;

Markaz tarkibiga kiruvchi Milliy dispetcherlik departamenti (MDD), rele himoyasi va avtomatika bo‘limi (RHvaA), elektr rejimlarini hisoblash bo‘limi (ERHB), iqtisodiy rejimlar bo‘limi (IRB), 5 ta mintaqaviy dispetcherlik boshqarmalari (MDB), 14 ta hududiy dispetcherlik bo‘limlari (HDB) operativ jihatdan, energetika vazirining o‘rinbosari tasdiqlagan majburiyatlar taqsimlanishiga muvofiq, vazirning o‘rinbosariga bo‘ysunadilar. Markaz va uning tarkibiga kiruvchi boshqarmalarning yillik va oylik ish rejalari va ular bo‘yicha hisobotlar energetika vazirining o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanadi.

Markaz Energetika vazirligi tuzilmasiga kiradi. Energetika vazirligi Markazning muassisi hisoblanadi. Uning tarkibiy tuzilmasiga kiruvchi mintaqaviy boshqarma va hududiy bo‘limlar o‘z faoliyatini Markaz tomonidan ishlab chiqiladigan va Energetika vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan hujjatlar asosida amalga oshiradi.

Markaz o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarish davomida Energetika vazirligi, «Energiya» KDM, yagona elektr energetika tizimi tarkibiga kiruvchi jamiyatlar va korxonalar bilan ushbu Nizom hamda Energetika vazirligi tomonidan tasdiqlangan Markaz va tizim korxonalar o‘rtasidagi yo‘riqnomalar asosida o‘zaro munosabatlarni amalga oshiradi.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Markaz topshirig‘iga asosan iste'molchilar bilan birgalikda, mahalliy davlat hokimiyati idoralari bilan kelishgan holda quvvat va elektr energiyasi iste'moli bo‘yicha cheklash va uzib qo‘yish jadvallarini ishlab chiqadi va Markazga taqdim etadi. Mazkur cheklov jadvallari Energetika vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

Markaz hamda uning tarkibiy bo‘linmalarining Markaz vakolat doirasidan kelib chiqib, tezkor-dispetcherlik boshqaruvini amalga oshirishiga yagona elektr energetika tizimiga kiruvchi boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarning aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 24 mart sanasida “Energetika vazirligi huzurida “Milliy dispetcherlik markazi” davlat unitar korxonasini tashkil etish to‘g‘risida”gi 126-son qarori.

Manba: https://www.lex.uz/docs/6058685

hujjatni yuklab olish (PDF)

 

https://yuz.uz/uz/ - “Milliy dispetcherlik markazi” davlat unitar korxonasi tashkil etildi

https://yuz.uz/news/ - «Миллий диспетчерлик маркази» давлат унитар корхонаси ташкил этилди

https://yuz.uz/ru/ - При Министерстве энергетики Узбекистана создан «Национальный диспетчерский центр»

https://uza.uz/uz/ - Миллий диспетчерлик маркази ўз фаолиятини бошлади

https://uza.uz/ru/ - Начал работу Национальный диспетчерский центр

https://kun.uz/uz/news/ -  Energetika vazirligi huzurida milliy dispetcherlik markazi tashkil etildi

https://kun.uz/news/ - Энергетика вазирлиги ҳузурида миллий диспетчерлик маркази ташкил этилди

https://kun.uz/ - При Министерстве энергетики создан национальный диспетчерский центр

https://www.gazeta.uz/ - Энергетика вазирлиги ҳузурида «Миллий диспетчерлик маркази» ташкил этилади

https://dunyo.info/ - Ҳукумат қарори билан Энергетика вазирлиги ҳузурида «Миллий диспетчерлик маркази» давлат унитар корхонаси ташкил этилди

https://daryo.uz/ - Energetika vazirligi huzurida Milliy dispetcherlik markazi tashkil etildi

 

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>