Qiziqarli xabarlar
O‘zbekistonda foto-issiqlik qurilmasi taqdim etildi
  • 13.06.2022
  • 317

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Fizika-texnika institutida qishloq joylarda va ekstremal sharoitlarda foydalanish uchun foto-issiqlik qurilmasi ishlab chiqildi. O‘rnatilgan quvvati — 300 Vt.

Tizim kristall kremniyli fotoelektr xujayralari asosida ishlaydi va qishloq joylarda yil davomida elektr energiyasi hamda issiq suv bilan ta'minlash uchun foydalanishga mo‘ljallangan. Qurilmani yaratishda gelli batareyalari, inverter kontrollerlari va 300 litrli issiq suv saqlash idishi bo‘lgan zamonaviy dizayn tuzilmalari ishlatilgan.

Qurilma qishloq xo‘jaliklari aholisiga yozning issiq mavsumida, qishda va ekstremal ob-havo sharoitida ham xo‘jalik va maishiy uskunalardan qulay foydalanish imkonini beradi.

#O‘zbekiston #quyoshenergiyasi

Manba: https://t.me/clearenergy/1502?single

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

 

>