Qiziqarli xabarlar
Xitoyning birinchi quyosh-to‘lqinli fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi
  • 15.06.2022
  • 382

Xitoyning birinchi aqlli quyosh-to‘lqinli fotoelektr stansiyasi Chjeszyan provinsiyasi Ugen shahrida ishga tushirildi. Elektr stansiyasida dron tekshiruvi texnologiyalari va sun'iy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda «aqlli» diagnostika tizimlari qo‘llaniladi.

Quyosh va suv oqimi energiyasidan elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan elektr stansiyasining umumiy o‘rnatilgan quvvati 100 megavattni tashkil etadi.

Yillik ishlab chiqarish hajmi 100 million kVt•soatdan oshadi. Bu 30 mingga yaqin xonadonning elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini qondiradi, shuningdek, karbonat angidrid chiqindilarini bir xil quvvatdagi an'anaviy issiqlik elektr stansiyalariga nisbatan yiliga qariyb 85 ming tonnaga kamaytiradi.

#quyoshenergiyasi

Manba: https://t.me/clearenergy/1508

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>