Qiziqarli xabarlar
Atmosferaga chiqarilgan ifloslantiruvchi moddalar (ming tonna)
  • 16.06.2022
  • 663

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi 2021-yilda atmosferaga chiqarilgan ifloslantiruvchi moddalar borasida ma'lumotlarni o‘z saytida e'lon qildi. Mamlakat bo‘yicha ko‘rsatkichlar 1,67 foizga — 924,4 dan 909 ming tonnagacha kamaygan.

Eng katta pasayish Andijon viloyatida kuzatildi, u yerda chiqindilar 2020-yildagi 11,5 ming tonnaga nisbatan 56,52 foizga – 5 ming tonnaga kamaygan. Sirdaryo viloyatida ham ko‘rsatkichlar sezilarli darajada (35,93 %) kamaydi – 2020-yildagi 71,8 ming tonnaga nisbatan 46 ming tonnani tashkil etgan.

Shu bilan birga, Navoiy, Namangan va Buxoro viloyatlarida esa atmosferaga chiquvchi chiqindi gazlar miqdori ortgan.

#O‘zbekiston

Manba: https://t.me/clearenergy/1510

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>