Yangiliklar
Energetika vazirligi: Qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosidagi qurilmalarni sotib olish uchun yashil iste'mol kreditlar ajratiladi
  • 20.06.2022
  • 494

O‘zbekiston Energetika vazirligi huzuridagi Tarmoqlararo energiyani tejash jamg‘armasi va “Ipoteka bank” ATIB o‘rtasida aholiga energiya tejamkor va qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini sotib olish uchun yashil iste'mol kreditlari ajratish yo‘nalishida jami 54 mlrd so‘mlik Bosh kelishuv imzolandi.

Ushbu bitim Energetika vazirligi huzuridagi Tarmoqlararo energiyani tejash jamg‘armasi ijrochi direktori Elzod Raxmanov va “Ipoteka bank” ATIB tomonidan Boshqaruv raisi o‘rinbosari Djura Zulfukarovlar tomonidan imzolandi.

Kelishuv doirasida Bank Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan aholiga energiya tejamkor va qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini sotib olish uchun Markaziy bankning asosiy stavkasidan oshmagan holda 5 yil muddatga yashil iste'mol kreditlari ajratishni yo‘lga qo‘yadi.

Ushbu kredit mablag‘lari aholining energiya resurlariga tobora oshib borayotgan talabini qondirishga va atrof muhitga zararli gazlar ajralishini kamaytirishgaxizmat qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi
Energetika vazirligi Matbuot xizmati

https://minenergy.uz/uz/news/view/1987

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>