Yangiliklar
Davlat muassasalari, korxonalar va fermerlar qayta tiklanadigan energiyadan faol foydalana boshladilar
  • 21.06.2022
  • 243

O‘zbekistonda fermer xo‘jaliklari, davlat tashkilotlari va yirik korxonalar qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni boshladi.

«Xurshidbek Abduazimov dalasi» fermer xo‘jaligi (Jizzax viloyati) tomonidan quvvati 37 kVt bo‘lgan quyosh batareyalari o‘rnatildi. Ulardan foydalanishning afzalliklari: qayta tiklanadigan energiya manbalarini sotib olish va ulardan foydalanishda davlat tomonidan beriladigan imtiyozlar.

Mamlakatimiz issiqlik elektr stansiyalarida 50 ta kam quvvatli quyosh fotoelektr qurilmasi, 42 ta quyosh suv isitgichi, 246 ta quyosh panelli chiroqlar va 914 ta yorug‘lik datchiklari o‘rnatildi.
 
«Issiqlik elektr stansiyalari» AJ ma'muriy binosining tom qismiga binoning mavjud elektr ta'minoti tizimiga ulangan 40 kVt quvvatga ega 116 quyosh panelli quyosh fotoelektr stansiyasi o‘rnatildi.

«O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyati bosh binosiga ham 200 kVt quvvatga ega quyosh fotoelektr stansiyasi o‘rnatildi. Stansiya yiliga 296 400 kVt•s yashil elektr energiya ishlab chiqaradi.

Shuningdek, Navoiy viloyati soliq xizmati organlari binolarida quvvati 40 kVt•s, Xatircha, Nurota, Qiziltepa viloyat davlat soliq inspeksiyalari ma'muriy binolarida esa 20 kVt•s quvvatga ega quyosh batareyalari o‘rnatilgan.

#O‘zbekiston #quyoshenergiyasi

Manba: https://t.me/clearenergy/1512

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

 

 

>