Yoshlar siyosati
"YOSHLAR KUNI" BAYRAMIDA SPORT MUSOBAQASI O‘TKAZILDI
  • 30.06.2022
  • 333

O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2022-yil 10-iyundagi  2-09-21-1720-sonli murojaati asosida, yurtimizda iyun oyi “Yoshlar oyligi” deb e'lon qilingani va “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida tadbirlar o‘tkazilishi ijrosini tashkil etish maqsadida “Sirdaryo magistral elektr tarmoqlari” filiali kasaba uyushmasi hamda Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti hamkorligida filialning ma'muriy binosida shahmat, shashka va stol tennisi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.

 

Ushbu musobaqani “Sirdaryo MET” filiali direktori Ilhom A'zamqulovich Xudoynazarov ochib berib, bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan Yoshlarga va ommaviy sport turlariga bo‘layotgan katta e'tibor, bu imkoniyatlardan samarali foydalanish lozimligini alohida e'tirof etdi.

Turli soha tashkilotlarida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” tamoyili asosida xodimlar va ularning oila a'zolari, ayniqsa yoshlar o‘rtasida yugurish, stritbol, futbol, badminton, voleybol, basketbol, stol tennisi, suzish va boshqa sport turlari bo‘yicha ommaviy sport musobaqalari tashkil etish fikri ilgari surilayotgani, ushbu tashabbus energetika sohasida ham qo‘llab-quvatlanayotgani, bu borada bir qancha farmoyish, qaror va boshqa turdagi hujjatlar ishlab chiqilayotgani, bu sa'y-harakatlar zamirida sog‘lom jamiyat barpo etish maqsadlari mavjudligini ta'kidlab, tadbirni ochiq deb e'lon qildi.

    Tadbir qizg‘in tarzda o‘tib, shaxmat, shashka va stol tennisi bo‘yicha bo‘lib o‘tgan musobaqalar so‘nggida quyidagi g‘oliblar aniqlandi. Ular bilan tanishing!

Shaxmat bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada quyidagi xodimlar g‘olib deb topildi:

1-o‘rin — Aleksandr Rassadin ,

2-o‘rin — Sokolov Mixail ,

3-o‘rin — Nuriddin Abdullayev.


Shashka bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada quyidagi xodimlar g‘olib deb topildi:

1-o‘rin — Bahodir Fayziyev,

2-o‘rin — Nargiza Zairova,

3-o‘rin — Shuhratjon Mamadaliyev.


Stol tennisi buyicha  o‘tkazilgan musobaqada quyidagi xodimlar g‘olib deb topildi:

1-o‘rin — Diana Shadrina,

2-o‘rin — Tursunboy Xolmurotov,

3-o‘rin — Vladislav Sokolov.

Tadbir yakunida barcha g‘olib bo‘lgan ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari taqdim etildi.


✍️ “Sirdaryo magistral elektr tarmoqlari” filiali Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi


 «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>