Yangiliklar
Xodimlarimiz Shveytsariyada raqamli podstansiyalar yo‘nalishida malaka oshirmoqdalar
  • 01.07.2022
  • 472

Avval xabar berganimizdek,  «O‘zbekiston MET» AJning 8 nafar mutaxassis xodimlari Shveytsariyaning Baden shahrida xizmat safarida bo‘lib, malaka oshirish mashg‘ulotlarida ishtirok etishmoqda.  

⚡️ Bugun «O‘zbekiston MET» AJ mutaxassislari hamda Hitachi Energy Switzerland kompaniyasining raqamli podstansiyalar, SCADA/EMS va kiberxavfsizlikni ta'minlash bo‘yicha mas'ul bo‘limlar mutaxassis va rahbarlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mazkur uchrashuvda Hitachi Energy Switzerland kompaniyasining asosiy faoliyati, ishlab chiqarish salohiyati, amalga oshirilgan loyihalar hamda mijozlar uchun taklif etiladigan xizmatlarning keng ko‘lami to‘g‘risida batafsil ma'lumotlar berildi.

Uchrashuv davomida, «O‘zbekiston MET» AJ xodimlari Hitachi Energy Switzerland kompaniyasiga minnatdorlik bildirib, ramziy sovg‘alar taqdim etishdi.

✍️ Malaka oshirish guruhi a'zolari

Veb-sahifaTelegram  ‖ FacebookInstagramTwitterUtubeYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>