Yangiliklar
Yuqori kuchlanish elektr tarmoqlariga texnik xizmat ko‘rsatish, tiklash va tozalash masalalari muhokama qilindi
  • 05.07.2022
  • 489

"O‘zbekiston MET" AJ va «Emi Grup Bilgi Teknolojileri A.S.» kompaniyasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi, unda turk kompaniyasi vakillari o‘z faoliyati haqida taqdimot o‘tkazishdi.

Ta'kidlash joizki, «Emi Grup Bilgi Teknolojileri A.S.» kompaniyasi 1998-yildan beri kartografiya sohasida fotogrametrik aerofotosurat olib, undan samarali foydalanishni boshlagan birinchi turk kompaniyasidir. Kompaniya energetika sohasidagi o‘rta va yuqori kuchlanish liniyalariga texnik xizmat ko‘rsatish, ta'mirlash, tiklash va tozalash kabi xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanadi.

Uchrashuv davomida «Emi Grup Bilgi Teknolojileri A.S.» kompaniyasi "O‘zbekiston MET" AJ bilan hamkorlik qilish niyatida ekanligini hamda bqori kuchlanishli elektr tarmoqlariga  texnik xizmat ko‘rsatish va ta'mirlash bo‘yicha professional xizmatlar ko‘rsatish xizmatlarini taklif etdi.

⚡️ Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha kompaniya tomonidan bildirilgan takliflarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish yuzasidan qaror qilindi.

 

Veb-sahifaTelegram  ‖ FacebookInstagramTwitterUtubeYoutube

✍️  «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
 t.me/uzmetaxborotxizmati

>