Yangiliklar
Anonim murojaatda keltirilgan vajlar o‘z tasdig‘ini topmadi: bir guruh elektromontyorlar nomidan e'lon qilingan murojaat Ishchi guruh — Komissiya tomonidan batafsil o‘rganildi
  • 07.07.2022
  • 301

Avval xabar berganimizdek https://t.me/uzmetaxborotxizmati/12578, 2022-yil 28-iyun kuni Muxbir Daliyev (https://t.me/muxbir1) telegram kanalida  “Elektromontyorlar "O‘zbekiston MET" vallomatlaridan nega norozi?” deb nomlangan “elektromontyorlar murojaati” (https://t.me/muxbir1/16945) e'lon qilingan edi.

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ boshqaruvi raisining 2022-yil 28-iyun sanasidagi  152-sonli buyrug‘iga asosan ijtimoiy tarmoqdagi anonim murojaatni o‘rganish maqsadida Ishchi guruh — O‘rganish komissiyasi (Komissiya) tuzildi. Buyruqqa asosan Komissiya raisi etib “O‘zbekiston MET” AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari S.S.Artikov tayinlandi. Komissiya a'zolari: N.Abdullayev — “O‘zbekiston MET” AJ ETFB boshlig‘i o‘rinbosari; U.Urunov — “O‘zbekiston MET” AJ boshqaruvi raisining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi; Z.Nagmanova — “O‘zbekiston MET” AJ Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi bosh buxgalteri, X.Bo‘riyev — “O‘zbekiston MET” AJ Mustahkamlik va xavfsizlik texnikasi xizmatining 1-toifali mutaxassisi.

Komissiya a'zolari uch kun davomida "Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari" filiali tarkibidagi “Qo‘yliq”, “Ozodlik”, “Keles”, “Yuksak”, “Zafar”, “Traktorsoz” va “Fayziobod” podstansiyalarida mehnat faoliyatini yurituvchi rahbar, muhandis-texnik va ishchi-xizmatchi xodimlar ishtirokida Sayyor qabullar o‘tkazdi. Muloqot chog‘ida Filial direktori xatti-harakatidan norozi bo‘lib yo‘llagan anonim murojaatda keltirilgan vajlarni o‘rganildi, podstansiya ishchi-xodimlarining mehnat sharoitlari, kasbiy malakasi, ijtimoiy (oilaviy) holati bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, “Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari” filiali ishchi-xodimlariga “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatida amalga oshirilayotgan transformatsiya jarayonlari hamda ularning istiqboldagi samarasi haqida dastlabki huquqiy tushunchalar berildi.

Sayyor qabul uchrashuvlarining dastlabki yig‘ilishni “Toshkent shahar MET” filialining ma'muriy binosi, so‘ngra Komissiya raisining taklifiga binoan Filial tarkibidagi 7 ta 220 kV kuchlanishli podstansiyalardan, o‘rganish ishlarining nihoyasida yana “Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari” filiali ma'muriyati binosida umumiy yig‘ilish o‘tkazildi.


E'tiboringizga Komissiya tomonidan o‘tkazilgan sayyor qabullar bayonnomasida qayd etilgan masalalarni havola etamiz:


U.P.Urunov,

“O‘zbekiston MET” AJ boshqaruvi raisining

matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi — Komissiya a'zosi

 


«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>