Yangiliklar
E'lon! OAV vakillarini Jahon banki ishtirokidagi tadbirga taklif etamiz!
  • 08.07.2022
  • 388

«O‘zbekiston MET» AJ tomonidan Xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikda bir nechta investitsion loyihalar amalga oshirilib, mamlakatimizdagi yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalarda modernizatsiya-rekonstruksiya, qurilish-montaj ishlari bajarilmoqda.

Energetika sohasida olib borilayotgan islohotlar, ularning natijadorligi hamda istiqboldagi rejalarni keng jamoatchilik e'tiboriga havola etish kun tartibidagi muhim masalalardan biri.

2022-yil 15-iyul kuni soat 9:30da «Hilton» mehmonxona majmuasining “Toshkent–2” zalida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilayotgan “Elektr energetika sektorini transformatsiya qilish va barqaror elektr uzatish” nomli loyihaning ochilish marosimiga ommaviy axborot vakillarini taklif etamiz.

Tadbirda Vazirlar Mahkamasi, Energetika vazirligi hamda uning tizim tashkilotlari, shuningdek, Jahon bankidan vakillari ishtirok etadi.

Mas'ul shaxs: Uyg‘un Irgashev, (90) 023-0240; (71) 236-6628.


 Axborot xizmati http://t.me/uzmetaxborotxizmati

 

>