Yangiliklar
"Sokin" hamda "Farg‘ona" podstansiyalarida Ko‘rik tadbirlari doirasidagi saralash bosqich musobaqalari o‘tkazildi
  • 16.07.2022
  • 363

Avval xabar berganimizdek, "O‘zbekiston MET" AJning "Xavfsizlik texnikasi ko‘rik oyligi"ni o‘tkazish to‘g‘risidagi 150-sonli buyrug‘iga asosan barcha magistral elektr tarmoqlari korxonalarida Ko‘rik tadbirlari o‘tkazilmoqda.

"Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari" filiali tarkibidagi  220/110/10 kVli "Sokin" hamda "Farg‘ona" podstansiyalarida Ko‘rik tadbirlari doirasidagi saralash bosqich musobaqalari o‘tkazildi.

⚡️ Saralash bosqichida har ikki podstansiya xodimlarini Xavfsizlik texnikasi qoidalari hamda yo‘riqnomalardan o‘zlashtirgan bilimlarini test topshiriqlari asosida sinovdan o‘tkazib, jabrlanuvchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, himoya vositalarini sifatli ko‘rikdan o‘tkazish, ta'mirlash-sozlash ishlari uchun topshiriqnoma berish,  unga asosan ish joylarini tayyorlash va ishga qo‘yish bo‘yicha  o‘z bilim-tajribalarini namoyish etishdi.

 

Veb-sahifaTelegram  ‖ FacebookInstagramTwitterUtubeYoutube

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>