Yangiliklar
220/110/6 kVli «SHGXK», 220/35/10 kVli «GTL» podstansiyalarida Xavfsizlik texnikasi ko‘rik tanlovining saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi
  • 27.07.2022
  • 306

«O‘zbekiston MET» AJning 2022-yil 24-iyundagi 150-sonli buyrug‘i hamda «Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari» filialining 101-sonli buyrug‘iga asosan Xavfsizlik texnikasi ko‘rik oyligi tadbirlari doirasida 220/110/6 kVli «ShGXK», 220/35/10 kVli «GTL» podstansiyalarida Kasb mahorati ko‘rik tanlovining saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Saralash bosqichida ishchi-xodimlarning Xavfsizlik texnikasi qoidalari va yo‘riqnoma orqali o‘zlashtirilgan bilimlari sinovi, shuningdek, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, himoya vositalari yaroqliligini tekshirish va ulardan ish jarayonida to‘g‘ri foydalanish, topshiriqnomaga asosan ish joyini tayyorlash va ishga qo‘yish bo‘yicha sinov mashqlari o‘tkazildi.

✍️ "Qashqadaryo MET" filiali Xavfsizlik va maxsus ishlar guruhi

⚡️ Avval xabar  berganimizdek, «Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali tarkibidagi podstansiyalarida Xavfsizlik texnikasi ko‘rik tanlovining saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi.

1 Tadbirning birinchi bosqichida himoya vositalari haqida tushunchalar va ulardan to‘g‘ri foydalanish qoidalari bo‘yicha tushunchalar berildi.

2 Ikkinchi bosqichda namunaviy topshiriqnoma asosida ish joyini to‘g‘ri tayyorlash va to‘g‘ri ishga qo‘yish tartiblari ko‘rsatib o‘tildi.

3 Uchinchi bosqichida namunaviy joriy ta'mir jarayoni malakali xodimlar boshchiligida ko‘rsatib o‘tildi.

✔️ Ishtirokchilarga saralash bosqichi jarayonida aniqlangan xato va kamchiliklarni tuzatish bo‘yicha filial bosh muhandis tomonidan mahorat darsi o‘tkazildi.

⇒ Tadbir yakunida natijalar sarhisob qilindi va ular quyidagicha:

1-o‘rin — «Ko‘kdumaloq», «GTL» podstansiyalari;

2-o‘rin — «Tezkor dispetcherlik punkti» xodimlari;

3-o‘rin — «Amir-Temur», «G‘uzor» podstansiyalari.

Veb-sahifaTelegram  ‖ FacebookInstagramTwitterUtubeYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmat

>