Yangiliklar
«Samarqand magistral elektr tarmoqlari» filiali: Xavfsizlik texnikasi ko‘rik tadbirlari doirasidagi “Kasb mahorati” musobaqalari o‘tkazildi
  • 30.07.2022
  • 365

✅  Xavfsizlik texnikasi ko‘rik oyligi tadbirlariga tayyorgarlik jarayoni boshlandi

⚡️ Avval xabar  berganimizdek, magistral elektr tarmoqlari filiallarida Xavfsizlik texnikasi ko‘rik oyligi tadbirlari o‘tkazilmoqda. Jumladan, «Samarqand magistral elektr tarmoqlari» filiali ham shunday tadbirlarni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.  

Misol uchun, "Samarqand MET" filialining 136-sonli buyrug‘iga asosan  220 kV kuchlanishli «Samarqand» podstansiyasida kasb mahoratini baholovchi musobaqalarga tayyorgarlik qizg‘in pallada. Ko‘rik musobaqalarida Filial tarkibidagi podstansiya hamda xizmat ko‘rsatuvchi brigadalar xizmati xodimlari ishtirok etishadi.

✍️ “Samarqand MET” fililali Mustahkamlik va xavfsizlik texnikasi guruhi

✅  Xavfsizlik texnikasi ko‘rik tadbirlari doirasidagi “Kasb mahorati” musobaqalari o‘tkazildi

⚡️ Avval xabar  berganimizdek, «Samarqand magistral elektr tarmoqlari» filiali tarkibidagi podstansiya va xizmatlar o‘rtasida (jami 60 kishidan iborat 10 ta guruh) o‘quv seminar mashg‘ulotlari hamda «Kasb mahorati» musobaqalari 3 bosqichda o‘tkazildi.

Ishtirokchilar tomonidan bajarilgan mashg‘ulotlarni 10 nafar hakamlar hay'ati a'zolari baholab borishdi. Test topshiriqlari hamda texnik-muhandislik mashg‘ulotlarida yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar Filial rahbariyati tomonidan mahorat darsi shaklida ko‘rsatib berildi. Ko‘rik tanlov tadbirlari doirasida o‘zlashtirilgan bilim-ko‘nikmalar ishtirokchilar tomonidan tahlil etildi.

✍️  “Samarqand MET” filiali Mustahkamlik va xavfsizlik texnikasi guruhi

✅  Ko‘rik tanlov doirasidagi musobaqa g‘oliblari rag‘batlantirildi

⚡️ Shuni alohida ta'kidlash joizki, o‘tkazilgan tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — xavfsizlik texnikasi qoidalari va yo‘riqnoma orqali o‘zlashtirilgan bilimlari sinovi, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish mahorati, himoya vositalari yaroqliligini tekshirish va ulardan ish jarayonida to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasi, topshiriqnomaga asosan ish joyini tayyorlash va ishga qo‘yish bo‘yicha sinov mashqlari orqali "Samarqand MET" filiali xodimlarining mas'uliyatli ish jarayoniga tayyorgarlik darajasi aniqlandi.

Musobaqa g‘oliblari Filial kasaba uyushma tomonidan rag‘batlantirilib, qimmatbaho sovg‘alar ulashildi.

Natijalar quyidagicha:

♦ 1-o‘rin — Havo liniyalari xizmati;
♦ 2-o‘rin — "Samarqand" podstansiyasi;
♦ 3-o‘rin — "So‘g‘diyona" podstansiyasi.
 
"Eng yaxshi bilimdon" nominatsiyasi g‘olibi — S.Vohidov, Havo liniyalari xizmati elektr montyori.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmat

>