Yangiliklar
Yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalarda kuz-qish mavsumining dastlabki amaliyotlari boshlandi
  • 08.08.2022
  • 516

"O‘zbekiston MET" AJning bugungi ishchi tartibdagi videoselektor yig‘ilishida 2022/2023-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini boshlash to‘g‘risida topshiriq berildi.

"O‘zbekiston MET" AJ boshqaruvi raisining ko‘rsatmalariga binoan mavsumiy ta'mirlash-sozlash ishlari dastlab qo‘shni respublikalar hududidan kesib o‘tgan 220–500 kV kuchlanishli elektr tarmoqlarini ko‘rikdan o‘tkazish, aniqlangan kamchilikni bartaraf etish, eskirgan uskuna va jihozlarni yangilash, ta'mirlash-sozlash, shuningdek, qo‘shimcha tarzda qushlar qo‘nishidan himoya moslamalarini o‘rnatish, tayanch ustunlarining mustahkamligini ta'minlash va boshqa texnik-muhandislik amaliyotlari orqali boshlanadi.

⚡️ Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Turkmaniston hududidan o‘tuvchi magistral elektr tarmoqlari mavjud bo‘lib, ularning barqaror faoliyati mamlakatimiz elektr ta'minoti ishonchliligini  oshirishga xizmat qiladi.

✍️  Axborot xizmati

>