Yangiliklar
Energetika vazirligi: Energetika tizimida SCADA va EMS loyihasini amalga oshirish boʻyicha tender eʼlon qilinadi
  • 09.08.2022
  • 556

“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmogʻi tizimini monitoring qilish, boshqarish va ekspluatatsiya qilish jarayonlarini takomillashtirishga qaratilgan zamonaviy raqamli texnologiyalarini joriy etish maqsadida dispetcherlik nazorati va maʼlumotlarni yigʻish boʻyicha yangi texnik-dasturiy kompleks (SCADA) hamda elektr energiyasini boshqarish tizimini (EMS) joriy etish uchun tender eʼlon qilinmoqda.

“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ (“OʻzMET”) tomonidan “SCADA / EMS/ RTU va telekommunikatsiya va optik tolali kabellar” loyihasi doirasida optik kabellar, axborot tizimlarini oʻrnatish hamda tovarlar, ishlar, konsalting va  nokonsalting xizmatlarini xarid qilish uchun Jahon bankidan 115 million AQSH dollari miqdorida kredit mablagʻlari jalb etilmoqda.

Loyiha doirasida 113 ta podstansiyada raqamli qurilmalar oʻrnatiladi va 2 900 km optik tolali aloqa tarmogʻi tortiladi.

Natijada elektr uzatish tizimini monitoring qilish, boshqarish va ekspluatatsiya qilish jarayonlarini takomillashtirishga qaratilgan zamonaviy raqamli va telekommunikatsiya texnologiyalari joriy etiladi. Ular dispetcherlik nazorati va maʼlumotlarni yigʻish boʻyicha yangi tyexnik-dasturiy kompleks, shuningdek, elektr energiyasini boshqarish tizimini yaratishni oʻz ichiga oladi. Shu bilan birga, yuzaga kelishi mumkin boʻlgan avariyalarni oldini olish va tezkor bartaraf etish, maʼlumotlarni masofadan turib onlayn tarzda uzatish imkoniyati yaratiladi.

Xaridlar Jahon banki tomonidan moliyalashtiriladigan shartnomalar boʻyicha xaridlar qoʻllanmasida koʻrsatilgan tartiblarga muvofiq amalga oshiriladi. Tanlov Jahon bankining qarz oluvchilari uchun xaridlar yuriqnomasida belgilanganidek, barcha munosib kompaniyalar va jismoniy shaxslar uchun ochiqdir. Loyiha boʻyicha muzokaralar boʻlib oʻtkanidan soʻng, Jahon banki kelishilgan dastlabki xarid rejasini va barcha yangiliklarni oʻzining tashqi veb-saytida eʼlon qilishi belgilangan.

Tender takliflarini qabul qilish joriy yil 30-noyabr kuniga qadar rejalashtirilgan.

Loyiha boʻyicha tovarlar, ishlar, konsalting boʻlmagan xizmatlar va konsalting xizmatlarini taqdim etish istagida boʻlgan yoki qoʻshimcha maʼlumotga ega bulmoqchi boʻlgan kompaniyalar va jismoniy shaxslar quyidagi manzil boʻyicha murojaat qilishlari mumkin:

“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ

Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Osiyo koʻchasi, 42 uy, 100084

+998 71 236 66 33;

+998 71 208 56 39;

+998 71 236 66 28.

scada@uzbekistonmet.uz;

neguscada@gmail.com;


Oʻzbekiston Respublikasi
Energetika vazirligi Matbuot xizmati

https://minenergy.uz/uz/news/view/2099

spot.uz - Energetika sohasida SCADA va EMS loyihasini amalga oshirish boʻyicha tender eʼlon qilindi

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
 t.me/uzmetaxborotxizmati

>