Yangiliklar
Online: Ayni daqiqalarda energetika sohasi ayollarining birinchi xalqaro sammit-konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda
  • 09.08.2022
  • 341

Online: Ayni paytda Qirg‘izistonning Cho‘pon-Ota shahrida Markaziy Osiyo davlatlari energetika sohasida mehnat faoliyati yuritayotgan ayollarining birinchi xalqaro sammit-konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tizim tashkilotlaridan vakillar, shuningdek, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati Xotin-qizlar kengashi raisi Feruza Xadjimuratova ham ishtirok etmoqda.

Seminardan ko‘zlangan maqsad aniq — energetika sohasida ishlaydigan ayollar va mutaxassislar uchun platforma yaratish, gender tengligi va ijtimoiy inklyuziya masalalari,  shu bilan birga, bilim-tajriba almashish, kasbiy salohiyat darajasini oshirish hamda muloqot uchun tarmoq yaratishdan iborat.

Eslatib o‘tamiz, xalqaro sammit-konferensiyasi ishi 2022-yil 9–10-avgust kunlari davom etadi.

Veb-sahifaTelegram  ‖ FacebookInstagramTwitterUtubeYoutube

 «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
 t.me/uzmetaxborotxizmati

 

>