Yangiliklar
“Farg‘ona MET” filiali: 2022–2023-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hisoboti
  • 10.08.2022
  • 410

“Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari” filialida 2022-yil davomida amalga oshiriladigan ishlar rejasi «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tomonidan 2021-yilning 4-choragida tasdiqlangan bo‘lib, joriy yil davomida mavsumiy va joriy ta'mirlash-sozlash, loyihalashtiruvchi hamda qurilish-montaj tashkilotlari yordamida modernizatsiya-rekonstruksiya ishlarini olib bormoqda.

 Misol uchun, 2022-yil uchun yillik mukammal ta'miri rejalashtirilgan:

·   10 dona o‘chirgichdan — 9 donasi,
·   1 dona kompressordan — 1 donasi (to‘liq),
·   53,6 km havo tarmog‘idan — 41 km elektr tarmog‘i

bajarilgan. Reja bo‘yicha qolgan mukammal ta'mirlash ishlarini nihoyasiga yetkazish uchun belgilangan muddatlari bor va ushbu amaliyotlar ayni paytda ham davom ettirilmoqda. Bajarilgan barcha ishlar ko‘lami “O‘zenergoinspeksiya” Farg‘ona viloyat hududiy bo‘limi inspektorlari ishtirokida texnik nazoratdan o‘tkazilgan va tegishli tartibda dalolatnomalar rasmiylashtirilgan.

Elektr uskunalari hamda elektr uzatish liniyalarini joriy ta'mirdan o‘tkazish bo‘yicha bajarilgan ishlar quyidagicha — “Farg‘ona MET” filiali 2022-yil yillik joriy ta'mir rejalashtirilgan:

·  8 dona transformatorlardan — 6 donasi,
·  49 dona o‘chirgichlardan — 38 donasi;
·  47,4 km havo tarmog‘idan — 35,9 km elektr tarmog‘i

bajarilgan. Elektr qurilmalari va havo tarmoqlarini joriy ta'mirlash rejasiga ko‘ra muddatlari bor.

Shuningdek, “Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari” filiali tarkibidagi elektr ob'ektlarida quyidagi ishlar amalga oshirilmoqda:

· Ayni kunlarda “O‘zgarish” podstansiyasining OV-110 yacheykasidagi VVSh-110 rusumli havoli o‘chirgichni LTB-145 rusumidagi elegazli o‘chirgichga almashtirish ishlari olib borilmoqda;
·  “Farg‘ona” podstansiyasining OV-110 yacheykasidagi VVSh-110 rusumli havoli o‘chirgichni LTB-145 rusumidagi elegazli o‘chirgichga almashtirish ishlari davom etmoqda.
 ·  “Sokin” podstansiyasida V-T-2-220 yacheykasidagi U-220 rusumli moyli o‘chirgichni LTB-245 rusumidagi elegazli o‘chirgichga almashtirish ishlari, shuningdek, kuz-qish mavsumida elektr ta'minoti ishonchliligini oshirish maqsadida AT-3 avtotransformatorini o‘rnatish ishlari olib borilmoqda;
· 220 kVli L-S-1 xavo elektr uzatish liniyasining 48, 49, 50, 51, 52 va 54-tayanchlariga jami 48 dona qushga qarshi to‘siqlar (PPZ) o‘rnatildi va qushlarning havo liniyasiga zarar yetkazishi natijasida sodir bo‘lishi mumkin bulgan avariyaviy o‘chishlarning oldi olindi.
·  “Farg‘ona” podstansiyasidagi AT-2 avtoransformatori vvodlari va PS “O‘zbekiston” podstansiyasidagi AT-2 avtotransformatorining “S” fazasi vvodi ulanmalarida qizishi holati “teplovizor” nazorat qurilmasi orqali nazoratdan o‘tkazildi.

2022–2023-yillar kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish hamda elektr qurilmalari tayergarligini ta'minlash maqsadida, shuningdek, “O‘zbekiston MET” AJning 2022-yil 25-iyul kunidan DI-59-sonli bayoni ijrosini ta'minlash yuzasidan filial tomonidan ishlab chiqilgan ““Farg‘ona MET” filiali tasarrufidagi 110–220–500 kV kuchlanishli elektr uzatish liniyalarini rahbar-muhandis xodimlari tomonidan ko‘rikdan o‘tkazish jadvali”ga muvofiq ko‘rik ishlari olib borilmoqda.

 

Bir so‘z bilan aytganda, Farg‘ona viloyati yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari hamda podstansiyalarda 2022–2023-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari tasdiqlangan rejalar asosida, belgilangan muddatlarida bajarib kelinmoqda.

✍️ Sherzod Komilov, “Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari” filiali direktori v.b.

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

 t.me/uzmetaxborotxizmati

>