Yangiliklar
Bugun Shanxay Hamkorlik Tashkilotining iqtisodiy forumi hamda sanoat innovatsiyalari yarmarkasi o‘z ishini boshladi
  • 16.08.2022
  • 303

Bugun, 2022-yil, 16-avgust kuni poytaxtimizda joylashgan INNO texnopark binosida qo‘shma shakldagi Shanxay Hamkorlik Tashkilotining iqtisodiy forumi hamda sanoat innovatsiyalari yarmarkasi o‘z ishini boshladi. Unda o‘nlab tashkilot va korxonalar qatorida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari"  aksiyadorlik jamiyati vakillari ham ishtirok etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bugun va ertaga, ya'ni 16–17-avgust kunlari davom etadigan xalqaro tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Hukumatidan vakillar, vazirlik va davlat tashkilotlari xodimlari, shuningdek, Shanxay hamkorlik tashkiloti vakillari, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Xitoy Xalq Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Hindiston, Pokiston, Ozarbayjon va boshqa davlatdan vazirlar, mutaxassis olimlar ishtirok etmoqda.

Veb-sahifaTelegram  ‖ FacebookInstagramTwitterUtubeYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

>