Yangiliklar
Sanoat innovatsiyalari yarmarkasida ixtirochilar va ratsionalizatorlarning ijodiy salohiyatidan foydalanish natijadorligi namoyish etilmoqda
  • 17.08.2022
  • 216

Avval xabar berganimizdek, bugun poytaxtimizdagi INNO texnoparki binosida Shanxay hamkorlik tashkilotining iqtisodiy forumi doirasidagi sanoat innovatsiyalari yarmarkasi o‘z ishini boshladi. Unda o‘nlab tashkilot va korxonalar qatorida “O‘zbekiston MET» AJ vakillari ham faol ishtirok etishmoqda.

Sanoat innovatsiyalari yarmarkasiga tashrif buyurgan mehmonlarga yuqori kuchlanishli podstansilar hamda magistral elektr tarmoqlarida olib borilayotgan qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya, ta'mirlash-sozlash ishlaridagi ixtirochilar va ratsionalizatorlarning ijodiy salohiyatidan foydalanish natijadorligini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan axborot berildi.

✍️ Strategik rivojlantirish va standartlashtirish boshqarmasi

Veb-sahifaTelegram  ‖ FacebookInstagramTwitterUtubeYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
 t.me/uzmetaxborotxizmati

>