Yangiliklar
“Jizzax MET” filiali: 2022–2023-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobot
  • 18.08.2022
  • 466

“Jizzax magistral elektr tarmoqlari” filialida 2022-yil davomida amalga oshiriladigan ishlar rejasi “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan 2021-yilning to‘rtinchi choragida tasdiqlangan bo‘lib, joriy yil davomida mavsumiy va joriy ta'mirlash, loyihalashtiruvchi hamda qurilish-montaj tashkilotlari yordamida modernizatsiya-rekonstrutsiya ishlarini olib bormoqda.

220/110/35/10 kV kuchlanishli "DNS-2" podstansiyasidagi 125 MVA avtotransformatorda mukammal ta’mir ishlari: ta’mirdan oldin va keyingi holati

2022-yil uchun yillik mukammal ta'miri rejalashtirilgan elektr uskuna va jihozlari quyidagilarni tashkil etadi:

• 1 dona avtotransformator;

• 4 dona o‘chirgich;

• 105,15 km havo elektr uzatish tarmog‘i.

220/110/10 kV kuchlanishli "Saribozor" podstansiyasi V-T-2-110 kV o‘chirgichida mukammal ta’mir ishlari: ta’mirdan keyin va oldingi holati

Reja bo‘yicha mukammal ta'mirlash ishlari nihoyasiga yetkazildi. Bajarilgan barcha ishlar “O‘zenergoinspeksiya” Jizzax viloyat hududiy bo‘limi inspektori ishtirokida texnik nazoratdan o‘tkazilgan va tegishli tartibda dalolatnomalar rasmiylashtirilgan.

Elektr uskunalari hamda havo elektr uzatish tarmoqlarini joriy ta'mirdan o‘tkazish bo‘yicha bajarilgan ishlar quyidagicha — “Jizzax MET” filiali 2022-yil yillik joriy ta'mir ishlari rejalashtirilgan bo‘lib:

220/110/10 kV kuchlanishli "Saribozor" podstansiyasi V-L-O‘smat-110 kV o‘chirgichida mukammal ta’mir ishlari: ta’mirdan keyin va oldingi holati

• 16 dona transformatorlardan — 13 donasi;

• 71 dona o‘chirgichlardan — 52 donasi;

• 82 km havo tarmog‘idan — 86,7 km elektr tarmog‘i bajarilgan.

Qolgan elektr qurilmalarini joriy ta'mir ishlari rejasiga ko‘ra belgilangan muddatlari bor.

Shuningdek, “Jizzax magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi podstansiyalar va havo elektr uzatish tarmoqlarida quyidagi ishlar bajarildi va bajarilmoqda:

• “Jizzax” podstansiyasida modernizatsiya dasturi doirasida 110 kV kuchlanishli 13 jamlanma MKP-110 moyli o‘chirgichlar 13 dona LTB-145 rusumli elegazli o‘chirgichlarga almashtirildi. 52 dona 110 kVli ajratgichlardan 13 donasi almashtirildi. Hozirgi kunda L-Plastmassa-1-110 kV yacheykasida RLNDZ rusumli ajratgich o‘rniga GW4D-126 DW/2000 rusumli ajratgichni almashtirish ishlari bajarilmoqda;

• 220/110/10 kVli “Saribozor” podstansiyasida 220 kVli U-220 rusumli va 110 kVli MMO-110, BMT-110, MKP-110 rusumli jami 4 dona o‘chirgichlar mukammal ta'mirlandi;

• 220/110/35/10 kVli “DNS-2” podstansiyasida 125 MVA avtotransformator mukammal ta'mirlandi;

• 40,92 km uzunlikdagi 500 kVli L-521 va 64,23 km uzunlikdagi 220 kVli L-Z-S havo elektr uzatish tarmoqlari mukammal ta'mirlandi.

220/110/10 kV kuchlanishli "Saribozor" podstansiyasi VP-220 kV moyli o‘chirgichida mukammal ta’mir ishlari: ta’mirdan keyin va oldingi holati

2022–2023-yil kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish hamda elektr qurilmalari tayyorgarligini ta'minlash maqsadida, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning 2022-yil 25-iyul kunidan DI-59-sonli bayoni ijrosini ta'minlash yuzasidan Filial tomonidan ishlab chiqilgan ““Jizzax MET” filiali tasarrufidagi 110–220–500 kV kuchlanishli elektr uzatish liniyalarini rahbar-muhandis xodimlari tomonidan ko‘rikdan o‘tkazish jadvali”ga muvofiq ko‘rik ishlari tugatildi.

Bir so‘z bilan aytganda, “Jizzax magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi podstansiyalarda va havo elektr uzatish tarmoqlarida 2022–2023-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari tasdiqlangan reja-jadvali asosida, belgilangan muddatlarida bajarilmoqda.

G‘ayrat Ahmedov, “Jizzax magistral elektr tarmoqlari” filiali direktori

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>