Yangiliklar
«Nurafshon» sihatgohi: 2022–2023-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hisoboti
  • 22.08.2022
  • 735

Sihatgoh haqida

Mas'uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi «Nurafshon» sihatgohi Farg‘ona viloyati, Farg‘ona tumani, Chimyon qishlog‘ida joylashgan bo‘lib, sanatoriya hududi 12,3 gektar maydonga teng. Sihatgohda jami 10 ming tupdan ziyod katta-kichik mevali va manzarali daraxtlar parvarish etilib, yozda salqinlik va kislorodga to‘yingan toza havoni ta'minlaydi.

Sihatgohda mavjud jami 114 o‘ringa mo‘ljallangan 57 ta xonalarda dam olish uchun barcha sharoitlar bor. Ularning 9 tasi “lyuks” maqomidagi xonalar bo‘lib, sharoitlari yanada takomillashtirilgan. Shuningdek, sihatgohda 100 o‘rinli oshxona va boshqa xizmat ko‘rsatish binolari mavjud.

Ayni paytda «Nurafshon sihatgohi» MChJda 2 ta bo‘lim faoliyat yuritmoqda. Asosiy bino va kottej ko‘rinishidagi bino. Asosiy bino 3 qavatdan iborat bo‘lib, birinchi qavatida davolash bo‘limi joylashgan. Ikkinchi va uchinchi qavatida seksiya tipidagi yotoqxonalar mavjud. Xonalarda barcha qulayliklar bor, did bilan jihozlangan. Xonalar televizor, sovutkich va konditsionerlarga ega. Har bir xona zamonaviy uslubdagi elektr jihozlari bilan yoritilgan, alohida tarmoqqa ega issiq va sovuq suv ta'minoti, sanuzel bilan ta'minlangan. Barcha bino va inshootlarni isitish sanatoriya qozonxonasi orqali bajariladi. Bundan tashqari, sanatoriyada suv ta'minoti, tozalash inshooti bo‘limlari mavjud. Hozirda asosiy binoning 1- va 2-qavatlari mukammal ta'mirlanmoqda.

 

«Nurafshon sihatgohi» MChJda 98 nafar ishchi-xodimlar mehnat faoliyati yuritmoqda. Ulardan 6 nafari oliy toifali shifokorlar, 23 nafari hamshiralar (19 nafari oliy toifali, 2 nafari 1-toifali, 2 nafari 2-toifali), 19 nafari kichik tibbiy xodimlar, 11 nafar oshxona xodimlari hamda 39 nafar texnik ishchi-xodimlar.

           Sihatgohda asosan energetika ishchi-xodimlari va ularning oila a'zolari, shuningdek, energetika tizimida ko‘p yillar ishlab nafaqaga chiqqan faxriylar davolanib dam oladilar. Dam oluvchilar oliy toifali shifokorlar tomonidan birlamchi va ikkilamchi profilaktik tibbiy tekshiruv, laboratoriya tekshiruvlari, EKG tekshiruvi, kardiologik, stomatologik, terapevtik tekshiruvlardan o‘tkaziladi.

     Shu kungacha sihatgohimizda 43963 nafardan ortiq energetika tizimi ishchi-xodimlari va ularning oila a'zolari, energetika faxriylari va boshqalar dam olib, o‘z sog‘ligini tikladilar.

Nisbatlash uchun olingan umumiy ma'lumotlarga ko‘ra:

2020-yilda jami 1071 nafar, jumladan:

-431 nafar energetika tizimi xodimlari, shundan oila a'zolari 125 nafar;

-640 nafar boshqa tashkilot xodimlari, shundan 68 nafari Sardoba suv ombori texnogen fojiasida jabr ko‘rgan dam oluvchilarga xizmat ko‘rsatildi.

Pandemiya davrida esa 768 nafar reabilitatsiyaga olingan bemorlarga tibbiy xizmat ko‘rsatildi.

 2021-yilda jami 2537 nafar, jumladan:

-882 nafar energetika tizimi xodimlari, shundan oila a'zolari 278 nafar;

-1655 nafar boshqa tashkilot xodimlari dam oluvchilariga xizmat ko‘rsatilgan.

2022-yilning yanvar, fevral, mart oylari mobaynida jami 647 nafar energetika tizimi ishchi-xodimlari va ularning oila a'zolari, energetika faxriylari va boshqalarga xizmat ko‘rsatib kelinmoqda.

 «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ tarkibidagi barcha tashkilotlardan “Nurafshon” sanatoriyasiga yiliga 2500–3000 nafar dam oluvchilar kelib, sog‘ligini tiklab, dam oladilar. Bundan tashqari, sanatoriya daromadini oshirish maqsadida Respublikamiz viloyalaridagi tashkilotlar bilan shartnomalar tuzilgan bo‘lib, ularning ishchi-xodimlari sanatoriyamizga kelib dam olishmoqda.

Shuningdek, sanatoriyamiz O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining “Turizm xizmatlarini sertifikatlashtirish markazi” DUKning muvofiqlik sertifikatiga ega, shu bois chet el fuqarolari ham kelib dam olishmoqda.

«Nurafshon» sanatoriyasida davolashning asosini oltingurgutli mineral suvlar bilan vannalar kabul qilish tashkil etadi. Chimyon oltingurgutli mineral suvi tarkibining har bir litrida 330 mg oltingurgut mavjud bo‘lib, inson tanasidagi quyidagi kasalliklarni davolaydi:

 

 ·  Yurak qon-tomir sistemasi kasalliklari.
·  Harakat-tayanch organlari kasalliklari.
·   Asab sistemasi kasalliklari.
·  Teri kasalliklari.
·  Ayollar jinsiy a'zolari kasalliklari.
·  Urologik kasalliklari.

 

 «Nurafshon» sanatoriyasida hozirda oltingugurtli suv vannasidan tashqari, issiqlik bilan davolash, parafin, balchiq, uqalash muolajasi fizioterapiya xonalarida Darrsonval, elektroforez, amplipuls, Bernar toki, lazerterapiya, ultratovush bilan davolash, umumiy va mahalliy ultrofiolet nurlari bilan davolash, nafas yo‘llarini dori moddalarni ingalyasiya yo‘li bilan dori yuborib davolash, UVCh, ultrafiolet nurlarini yo‘naltirilgan ravishda davolash (KUF), fitobochka, sirkulyar dush, suv osti massaji, kislorodli vanna kabi muolajalar bilan davolab kelmoqda.

Dam oluvchilarga muolajadan tashqari zamonaviy trenajorlar bilan jihozlangan sport zalda ertalabki gigienik badantarbiya va davolash badantarbiyasi, terrenkur, umumiy tartib va parhyez buyuriladi.

«Nurafshon» sanatoriyasida keyingi yillar davomida yangi davolash usullari kiritilishi bilan davolash sifatini yanada yaxshilanishiga erishilmokda.
 Mavsumga tayyorgarlik haqida

«Nurafshon sihatgohi» MChJda 2022-2023-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik yuzasidan chora-tadbirlar rejasi tuzilgan bo‘lib, ishlar ta'mirlash-sozlash ishlari rejaga muvofiq amalga oshirilmoqda.

Jumladan:

·   Sanatoriyaning asosiy binosiga kiradigan issiq suv tarmog‘ini almashtirish;
·  Sanatoriya hududidagi yong‘in o‘chirish gidrantlarini yong‘in xavfsizligi xodimlari bilan birgalikda ko‘rikdan o‘tkazish;
·  Oshxonadagi issiq va sovuq suv tarmoqlarini ta'mirlash;
·   Oshxonadagi idish yuvish xonasi qozoni va issiq suv tarmog‘ini ta'mirlash;
·   Oshxonadagi elektr jihozlari, jumladan konditsionerlarni qishki mavsumga tayyorlash;
·  Oshxonadagi isitish tizimi qozonini mukammal ta'mirlash;
·  Oshxona elektr jihozlarini joriy ko‘rikdan o‘tkazish va yaeskilarini yangilash;
·   Elektr qurilmalarining yerga ulagichlarini laboratoriya tekshiruvidan o‘tkazish;
·  Gaz quvurlarini ko‘rikdan o‘tkazish;
·   Qozonxona mashinistlarini guvohnomalarini yangilash hamda qayta shahodatlash;
·  Tabiiy gazdan foydalanish uchun «Sanoatkontexnazorat»dan ruxsatnoma olish;
·  Elektr shitlarni joriy ko‘rikdan o‘tkazish;
·   Isitish tizimi va qozonlarni ko‘rikdan o‘tkazish, ta'mirlash-sozlash;
·  Isitish tizimi va qozonlarni sinovdan o‘tkazish;
·   Asosiy binodagi isitish tizimini batareyalarni tozalash va joriy ta'mirlash;
·   Qozonxonadagi N-1, N-2 nasoslarini mukammal ta'mirlash;
·   Qozonxonadagi 2-qozon uskunasini mukammal ta'mirlash;
·   Qozonxonadagi zaxira qozonlarni joriy ko‘rikdan o‘tkazish.

Shu bilan birga, kuz-qish mavsumi oldidan sanatoriya hududida odobonlashtirish ishlari davom ettirilmoqda. Sihatgohning estetik qiyofasi yaxshilanib, dam oluvchilar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan.

 ✍️ Olimjon Xasanov, “Nurafshon” sanatoriyasi bosh hakimi

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>