Yangiliklar
Energetika vazirligi: yil boshidan yuqori kuchlanishli 6 ta podstansiya quvvati 591 MVAga oshirildi
  • 30.08.2022
  • 209

2022-yilning o‘tgan 7 oyi davomida olib borilgan modernizasiya ishlari natijasida yuqori kuchlanishli 6 ta podstansiya quvvati qo‘shimcha 591 MVA (megavolt amper)ga oshirildi.

Buning natijasida, Surxondaryo, Samarqand va Jizzah viloyatlari hamda Toshkent shahridagi yuqori kuchlanishli podstansiyalarning quvvat o‘tkazish qobiliyati yaxshilandi.

Yil yakuniga qadar yana 5 ta podstansiyada (1025 MVA) quvvat oshiriladi. Natijada respublikamizdagi 7 ta viloyat hamda Toshkent shahridagi jami 11 ta podstansiyada 1 616 MVA quvvat oshirilishiga erishiladi.

Energetika vazirligi Matbuot xizmati

https://t.me/minenergy_uz/5788

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>