Yangiliklar
Xalqaro sertifikatlash organi tomonidan o‘tkazilgan kuzatuv auditi muvaffaqiyatli yakunlanganligi to‘g‘risida ijobiy xulosa berildi
  • 05.09.2022
  • 342

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJda ISO 37001:2016 xalqaro standart talablariga rioya etilayotgani hamda boshqaruv tizimining korrupsiyaga qarshi qurashish amaliyoti o‘z o‘rnida ishlayotganligi baholash bo‘yicha “CERT International” xalqaro sertifiktlash organi tomonidan Kuzatuv auditi o‘tkazildi.

Shu bilan birga, Jamiyatda ISO 37001:2016 sertifikatini qo‘lga kiritish orqali korrupsiya bilan bog‘liq huquqbuzarliklar aniqlangan holatda amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tegishli choralar ko‘rilishini hamda energetika sohasini yanada rivojlantirish, uning faoliyatida korrupsiya holatlarini bartaraf etish va unga qarshi kurashish choralari samaradorligini oshirish hamda ochiqliq va shaffoflikni ta'minlash yuzasidan barcha zarur chora-tadbirlarning amalga oshirildi.

Ushbu amalga oshirilgan chora-tadbirlar bo‘yicha tegishli ma'lumotlar “CERT International” xalqaro sertifikatlash organiga taqdim etilib, Kuzatuv auditi muvaffaqiyatli yakunlanganligi to‘g‘risida ijobiy xulosa qo‘lga kiritildi.

✍️ Nigora Abdullaeva, Moliyaviy boshqaruv, biznes etika, shaffoflik va komplaens bo‘limi boshlig‘i

Veb-sahifaFacebookInstagram ‖  Youtube

  «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

 

>