Yangiliklar
Mamlakatimizda ACWA Power kompaniyasi bilan hamkorlikda shamol elektr stansiyalari qurilmoqda
  • 10.09.2022
  • 318

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov ACWA Power Uzbekistan — shamol elektr stansiyalari kompaniyasi bosh direktori Baxtiyor Ishnaev hamda ShES loyihalashtirish kompaniyasi direktori Alpen Karainni qabul qildi.

Ishchi tartibdagi uchrashuvda hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar muddati hamda amalga oshirish tartibi, ShESlarini elektr energetika yagona tarmog‘iga ulash masalalari muhokama etildi.

⚡️ Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda ACWA Power kompaniyasi tomonidan respublikamiz hududlarida shamol elektr stansiyalarini qurish ishlari jadal sur'atlarda amalga oshirilmoqda. Loyihalar tarkibida yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari qurilishi ham nazarda tutilgan.

Veb-sahifaFacebookInstagram ‖  Youtube

✍️  «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>