Kelib tushgan murojaatlar
Murojaatchi: «O‘z hisobimdan sotib olgan hisoblagichni ro‘yxatga qo‘yish muammo bo‘lmoqda...»
  • 15.09.2022
  • 209

Murojaat egasi: Xudayberdiyev Jasurbek Mirsalom o‘g‘li, Sirdaryo viloyati

Elektron pochta: jasurwox94@gmail.com

Murojaat mazmuni: Assalomu alaykum. Men hisoblagich o‘z hisobimdan olganman xonadonimga. Shuni ro‘yxatga kiritish muammo bo‘lmoqda. Shuning tartibi haqida batafsil ma'lumot bersangiz.

Murojaatga javob: Hurmatli fuqaro Jasurbek Mirsalom o‘g‘li, Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining "Murojaatlar" rukni orqali yuborgan so‘rovingiz tegishli tartibda qabul qilindi va Siz murojaatda ko‘targan masala turdosh tashkilot — "Hududiy elektr tarmoqlari" AJning matbuot xizmatiga yo‘naltirildi. Umid qilamizki, mas'ul xodimlar murojaatingizni o‘rganib, sizga tegishli tartibda javob berishadi.

MA'LUMOT O‘RNIDA: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalar orqali elektr energiyasini uzatish (transportirovka qilish), 220–500 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i va podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish, shuningdek, magistral elektr tarmoqlarida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya ishlarini bajarish, bundan tashqari, elektr energiyasi importi va eksporti masalalari bilan shug‘ullanib, iste'molchilar bilan bevosita shartnomalar imzolamaydi.

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati faoliyati haqida batafsil: https://www.uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/79

 Ijtimoiy tarmoq sahifalari: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/14185 

“Murojaatlar” rukni: https://www.uzbekistonmet.uz/uz/lists/category/23

‼ Iste'molchilar bilan bevosita shartnomalar tuzish hamda ularga elektr energiyasini yetkazib berish, iste'molchilar bilan o‘zaro hisobdorlik yuritish, shuningdek, past kuchlanishli tarmoqlarni rivojlantirish, simyog‘och va transformatorlar o‘rnatish, shu bilan birga, ko‘plab boshqa xizmatlarni ko‘rsatish “HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJning vakolatlariga kiradi.

⇒ “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat uchun:

• het.uz – rasmiy veb-sayti

• Telegram – @hetmuloqot, @HET_admin

• Facebook – Hududiy elektr tarmoqlari

• Call centre: 1154

• Iste'molchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limlari: https://het.uz/oz/lists/regions

Ma'lumot o‘rnida:

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati tomonidan to‘ldirilib, yangilanib boriladigan het.uz veb-saytida “Iste'molchilar uchun” deb nomlangan bosh rukn tarkibida “Shaxsiy kabinet” — https://het.uz/oz/pages/view/personal_account, “Elektr energiyasining tijorat hisobi” — https://het.uz/oz/lists/view/38 kabi interaktiv ruknlar faoliyat ko‘rsatmoqda.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>