Yangiliklar
«O‘zbekiston MET» AJ xotin-qizlari «XONATLAS–2022» festivalida faol ishtirok etmoqda
  • 28.09.2022
  • 496

O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasining rasmiy murojaatiga ko‘ra, Toshkent shahar "Oqila ayollar" harakati, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi, Yoshlar ishlari agentligi, Ma'naviyat va ma'rifat markazi hamda bir qator jamoat tashkilotlari tashabbusiga binoan 2022-yil 28–29-sentabr kunlari “Xonatlas–2022” festivali o‘tkazilmoqda.

Festival doirasidagi tadbirlarda  «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati xotin-qizlari ham faol ishtirok etmoqda.

Bugun Aksiyadorlik jamiyatiga Markaziy apparat hamda "Energo–IT" filialida mehnat faoliyati yuritayotgan ayollar milliy liboslarda tashrif buyurishdi.

E'tiboringizga uzbekistonmet.uz veb-saytining fotojamlanmalar ruknidan o‘rin olgan ayrim suratlarni  havola etamiz.

✍️ Feruza Xadjimuratova, "O‘zbekiston MET" AJ Ijro intizomi nazorati bo‘lim boshlig‘i, Xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti rahbari

Veb-sahifaFacebookInstagram

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>