Yangiliklar
«O‘zbekiston MET» AJda Jahon bankining vakillari bilan muhokamalar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
  • 28.09.2022
  • 299

Bugun, 2022-yil 28-sentabr kuni «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ binosi majlislar zalida Jahon bankining bosh mutaxassislari Ferhat Esen janoblari hamda Irina Voytexovich xonim rahbarligida energetika guruhi bilan muhokamalar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi o‘rinbosari Feruz Qurbonov va boshqa mutaxassislar ishtirok etishdi.

Ishchi tartibdagi muhokamalar uchrashuvida tomonlar “Elektr energetika sohasini transformatsiya qilish va elektr energiyasini barqaror uzatish” hamda «Jahon banki ishtirokida magistral elektr tarmoqlari podstansiyalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish» loyihalari xususida fikr almashdilar. Loyihalarning yakunlangan, ayni paytda amalga oshirilayotgan va kelgusida rejalashtirilgan bosqichlari moliyaviy, tashkiliy hamda texnik-muhandislik yo‘nalishlarida tahlil etildi.

Veb-sahifaTelegram  ‖ FacebookInstagramTwitterUtubeYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>