Yangiliklar
«Sirdaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali: 2022–2023-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari yakunlanmoqda
  • 03.10.2022
  • 452

«Sirdaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali tomonidan 2022–2023-yil kuz-qish mavsumida energetika qurilmalarining barqaror ishlashini ta'minlash borasida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi.

 

 
«Sirdaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali 2022–2023-yil kuz-qish mavsumida o‘z tarkibidagi energetika ob'ektlarining barqaror ishlashini ta'minlash bo‘yicha amalga oshirgan ishlarini «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ boshqaruvi raisining 2022-yil 15-avgustdagi 200-sonli va Filialning 151-buyrug‘i talablari asosida shakllantirgan edi.

Buyruq asosida ishlarni tashkillashtirish yuzasidan tuzilgan «Ishchi guruh» barcha kuch va imkoniyatlar hamda ajratilgan sarmoyalarni hisob-kitob qilib, «Chora-tadbirlar rejasi»ni ishlab chiqdi. Filial bo‘yicha kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ana shu rejani bosqichma-bosqich bajarish, uning har bir bandi bo‘yicha zarur bo‘ladigan mablag‘, kerak bo‘ladigan ehtiyot qismlar, lozim bo‘lgan vaqt, zarur bo‘ladigan texnika, jalb etiladigan ishchi kuchini sarhisob qilib, mutaxassislar bilan muhokama qilib borildi.

 

Filial rahbarlari, xizmatlar, guruhlar boshliqlari hamda mutaxassislar bajarilishi lozim bo‘lgan ishlarni o‘rganib chiqish, ishni joyida tashkillashtirish, nazorat qilish va sifatli yakunlanishiga erishishni ta'minlash masalalariga mas'ul etib tayinlandilar, vaqti-vaqti bilan ularning axborotlari, talablari, hisobotlari eshitilib borildi.

«Sirdaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali direktori va bosh muhandis huzurida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlikning borishi, zarur ehtiyot va butlovchi qismlar ro‘yxati, ularni keltirish, asossiz ravishda ta'mirlash ishlarini kechiktirish, biriktirilgan shaxslarning mas'uliyatini yanada oshirish, o‘z vaqtida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJning tegishli boshqarmalariga, bo‘limlariga axborotlar yuborish masalalari tinglanib, vaziyatni o‘nglash, tadbirlarni muddatida bajarish choralari ko‘rildi.

Bugungi kunga kelib rejalashtirilgan quyidagi ishlar to‘liq bajarilishiga erishildi.

Jumladan:

110–220–500 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarida

2022-yil 15-sentabrga qadar Filialning Ishlab chiqarish texnikasi guruhi hamda Havo tarmoqlari xizmati tomonidan YuKXT–500 kVli havo tarmog‘ining L-510-54 — 196 kilometr masofasi; L-521 — 54,398 kilometr masofasi; YKXT-220 kVli tarmoqning L-20-D-55 — 935 kilometr masofasi, L-20-Zarbdor — 55,2 kilometr masofasi, L-20-G-1 — 41,966 kilometr masofasi, L-20-G-2 — 41,966 kilometr masofasi to‘liq ko‘rikdan o‘tkazildi.

220–500 kVli havo tarmoqlarining nuqsoni bor ustunlarida ifloslanish darajasi yuqori bo‘lgan hududlardagi ustunlarning izolyatorlari tozalandi, ayrim yaroqsiz deb topilganlari almashtirildi.

 

 

 

YKXT–500 kVli havo tarmog‘ining 4 kilometr masofasi va YKXT-220 kVli tarmoqning 12 kilometr masofasida joylashgan bo‘tazor maydonlari daraxt va bo‘talardan tozalandi.

220 kVli havo tarmoqlariga laylaklar va boshqa qushlarning in qurishiga yo‘l qo‘ymaslik asosiy tadbirlardan biri bo‘lib, 500 dona ustunlarga qushlarga qarshi himoya vositalari o‘rnatildi. 220–500 kVli YKXTda nuqsonli 30 dona izolyatorlar almashtirildi. 303,661 km. masofada joylashgan 220–500 kVli YKXTda joriy ta'mirlash ishlari olib borildi. Avariyaviy zaxira materiallarini jamlash bo‘yicha kerakli materiallarga talabnomalar berildi.

 

Yuqori kuchlanishli podstansiyalar bo‘yicha

220 kV kuchlanishli «Feruz» va «Go‘zal» podstansiyalari boshliqlari N.Adilov hamda Z.Bektemirovlarning bevosita rahbarligi va sa'y-harakatlari bilan elektr qurilma va jihozlari sinchiklab o‘rganib chiqildi, tekshirib ko‘rildi va zarur qismlari ta'mirlandi. Podstansiyalar qurilmalari uchun zarur bo‘lgan avariyaviy zaxira materiallari jamlandi. Dispetcherlik va texnologik boshqaruv tizimining benuqson, soz holda ishlashiga erishish maqsadida mutaxassislar – Dispetcherlik va texnologik vositalari boshqaruvi guruhi muhandisi K.Djumanov va Moddiy texnik ta'minot guruhi muhandisi N.Suvonqulovlar zarur zaxira yaratib, asbob-anjomlar va ehtiyot qismlar to‘pladilar. Moyli uskunalardan kondensatlar to‘kilib, moylar me'yoriga keltirildi.

220/110/10 kV kuchlanishli «Feruz» podstansiyasida 110 kVli moyli o‘chirgich 110 kVli «OV-110»da to‘liq ta'mirlash ishlari olib borildi. Ta'mirlash ishlarining muvaffaqiyatli yakunlanishiga erishildi. 220/110/10 kV kuchlanishli «Go‘zal» podstansiyasida 220/110 kVli moyli o‘chirgich 220 kVli «L-20-G-1» 110 kVli «OV-110», 110 kVli «V-110-AT-2» da to‘liq ta'mirlash ishlari olib borilib, muvaffaqiyatli yakunlanishi ta'minlandi.

 

220/110/10 kV kuchlanishli «Feruz» podstansiyasida 220 kVli ODKZ va Tr-r: L-K-F-1 AT-1; L-K-F-2 AT-2; 110 kVli moyli o‘chirgich: L-F-Ch; L-Baxt; L-FeRUZ; L-Sirdaryo-1; L-Sirdaryo-2; L-Oqoltin-Tyagovaya; L-PENG-SheNG; L-KS-3A-1; MShV-110 kV; OV-110-kV joriy ta'mirlash ishlari reja asosida ta'mirdan chiqarildi. 220/110/10 kVli «Go‘zal» podstansiyasida 220 kVli ODKZ va Tr-r: L-20-G-1; L-DNS-2-1; AT-1; L-20-G-2; L-DNS-2-1; AT-2; 110 kVli moyli o‘chirg‘ich L-Dashtobod; L-Yangier-2; L-G‘alaba-1; L-G‘alaba-2; L-Paxtakor; L-DNS-1; L-DNS-2; L-KS-3B-1; L-KS-3B-2; MSV-220 kV; MShV-110 kV; OV-110 kV joriy ta'mirlash ishlari reja asosida ta'mirdan chiqarildi. «Go‘zal» podstansiyasi hududi va atrofidagi drenaj ariqlari tozalandi.

 

Elektr ob'ektlari bino va inshootlari

220 kV kuchlanishli «Feruz» va «Go‘zal» podstansiyalari hamda Mustahkamlik va xavfsizlik texnikasi guruhlari «Sirdaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali tarkibidagi podstansiyalar va ma'muriy binodagi barcha o‘t o‘chirish anjomlarining foydalanish muddatlari, yaroqliligini tekshirib ko‘rib, zaruriyatga qarab ularni almashtirish, qaytadan quvvatlash ishlarini amalga oshirdilar. Shu yo‘nalishda yong‘inga qarshi gidrantlarni, binolarni isitish qurilmalarining ish faoliyatini sinovdan o‘tkazdilar. Xizmat xonalarining isitish tizimidagi muammolar bartaraf etildi.

Avtotransport va mexanizmlar xizmati

Avtotransport va mexanizatsiya xizmati guruhi filialning barcha turdagi avtomashinalari, traktorlari, maxsus texnikalarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini ko‘rikdan o‘tkazdi. Zarur ehtiyot va butlovchi qismlar, avtoshinalar, yoqilg‘i moylash materiallari, akkumlyatorlar zaxirasi yaratildi. Avtotransport vositalarining qismlariga texnik qarovlar o‘tkazildi. Haydovchilar bilan qo‘shimcha ravishda suhbatlar o‘tkazilib, kuz-qish mavsumida texnika vositalaridan foydalanishning o‘ziga xos jihatlari yanada chuqurroq tushintirildi. Haydovchilarning dam olish xonalari tartibga keltirildi.

 

 Ma'muriy boshqaruv va podstansiyalar

Filial rahbariyati, xizmatlar, guruhlar, podstansiyalar xodimlari bilan kuz-qish mavsumida faoliyat olib borish, sovuq kunlarda, ob-havoning noqulay sharoitlarida ochiq havoda va bino ichida avariya-tiklash ishlarini tashkillashtirish, yong‘inlarni o‘chirish, nosozliklarni bartaraf etishni tashkillashtirishga oid o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Xavfsizlik va maxsus ishlar guruhi tomonidan Fuqaro muhofazasiga oid tadbirlar doirasida jabrlanuvchilarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, zilzila, suv toshqini, anomal ob-havo sharoitlarida sovuqdan, issiqdan saqlanish mavzulariga oid videoroliklar, slaydlar, hujjatli filmlar, audio eshittirishlar, ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi.

 

 «Sirdaryo magistral elektr tarmoqlari» filialining 2022–2023-yil kuz-qish mavsusida energetika qurilmalarining barqaror ishlashini ta'minlash borasida amalga oshirgan ishlari Filial direktori huzurida o‘tkazilgan kengaytirilgan yig‘ilishda chuqur va atroflicha muhokama qilindi. Erishilgan yutuqlar bilan birga jiddiy kamchiliklarga ham yo‘l qo‘yilganligi ta'kidlanib, qisqa muddatlarda ularni bartaraf etish choralari ko‘rilish zarurligi qayd etildi.

Mavsumga tayyorgarlik ishlari «O‘zenergoinspeksiya»ning hududiy bo‘limlari mutaxassislari ishtirokida dalolatnoma shaklida rasmiylashtirildi.

«Sirdaryo magistral elektr tarmoqlari» filialida 2022–2023-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari yakunlari bo‘yicha axborot «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJning tegishli boshqarma va bo‘limlariga taqdim etildi.

✍️ M.Y.Sokolov,  «Sirdaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali  bosh muhandisi


 «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

 t.me/uzmetaxborotxizmati

>