Yangiliklar
“Farg‘ona MET” filiali: eski rusumdagi o‘chirgichlar zamonaviylariga (elegazli) almashtirilmoqda
  • 04.10.2022
  • 360

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-sentyabrdagi PQ–3284-sonli «Jahon banki ishtirokida “Magistral tarmoqlarning kichik stansiyalarini zamonaviylashtirish va qayta qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ijrosini bajarishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq “Farg‘ona MET” filialining 220 kVli "Sokin" podstansiyasidagi U-220 rusumli L-SL-1-220 kV kuchlanishli o‘chirgich (navbatdagi) zamonaviy  LTB-245E1-1P-50kA rusumli elegazli o‘chirgichga almashtirildi.

Suratda L-SL-1-220 kV yacheykasini  «4-sonli montaj boshqarmasi» qurilish-montash korxonasi hamda 220/110/10 kVli "Sokin" podstansiyasi xodimlari birgalikda demontaj va montaj qilayotgani aks etgan.

✍️ A.Mamatqulov, “Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari” filiali Podstansiyalar xizmati boshlig‘i

Veb-sahifaTelegram  ‖ FacebookInstagramTwitterUtubeYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>