Yangiliklar
Markaziy Osiyo energetiklari Tojikistonda
  • 13.10.2022
  • 295

2022-2023-yil kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish nafaqat mamlakatimiz, balki Markaziy Osiyo davlatlari energetiklari oldida turgan muhim vazifa hisoblanadi.

Shu bois, bugun, 13-oktabr kuni Tojikistonda Markaziy Osiyo davlatlari Elektr energetika kengashining ishchi tartibdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Unda «O‘zbekiston MET» AJ boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov, Energetika vazirligi huzuridagi «Milliy dispetcherlik markazi» DUK vakillari hamda boshqa mutaxassislar ishtirok etishmoqda.

⚡️ Dadajon Aynaqulovich, shuningdek, Tojikistonga xizmat safari chog‘ida «Barki Tochik» OAJ tarkibidagi 500 kV kuchlanishli «Regar» podstansiyasi faoliyati bilan yaqindan tanishib, O‘zbekiston–Tojikiston energotizimini bog‘lovchi liniyalarning texnik-muhandislik holatini o‘rgandi.

Eslatib o‘tamiz, ertaga, 14-oktabr kuni Markaziy Osiyo elektr energiyasi muvofiqlashtiruvchi Kengashining 40-yig‘ilishi o‘z ishi davom ettiradi.

Ma'lumot o‘rnida: Barchamizga ma'lumki, O‘zbekistonning yuqori kuchlanishli havo liniyalari qo‘shni mamlakatlarning magistral elektr tarmoqlari bilan barqarorlikda ishlaydi. Qo‘shni mamlakatlar dispecherlik xizmatlari o‘zaro muvofiqlashuv asosida mintaqaning energiya xavfsizligini ta'minlaydi. Mavjud muammo va istiqboldagi rejalar Muvofiqlashtiruvchi Kengash yig‘ilishlarida muhokama etiladi.

Veb-sahifaFacebookInstagramYoutube

 

https://minenergy.uz/uz/news/view/2184

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>