OAV va jamoatchilik bilan ishlash
uza.uz — Markaziy Osiyo energetiklari Tojikistonda: bu yil kuz-qish mavsumi betalafot o‘tadimi?
  • 15.10.2022
  • 319

Joriy yilning 13-14-oktabr kunlari Tojikistonda Markaziy Osiyo davlatlari Elektr energetika kengashining ishchi tartibdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.

Unda  2022-2023-yil kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazishga qaratilgan masalalar muhokama markazida bo‘ldi.  

“O‘zbekiston MET” AJ matbuot kotibi Ulug‘bek Urunovning ma’lum qilishicha, kuz-qish mavsumini ko‘ngildagidek o‘tkazish mamlakatimiz, balki Markaziy Osiyo davlatlari energetiklari oldida turgan muhim vazifadir.

-Ikki kun davom etgan yig‘ilishda Energetika vazirligi huzuridagi “Milliy dispetcherlik markazi” DUK direktori M.Boboyev, “O‘zbekiston MET” AJ boshqaruvi raisi D.Isaqulov hamda boshqa mutaxassislar ishtirok etdi.

O‘zbekiston delegatsiyasi Tojikistonga xizmat safari chog‘ida “Barki Tochik” OAJ tarkibidagi 500 kV kuchlanishli «Regar» podstansiyasi faoliyati bilan yaqindan tanishib, O‘zbekiston–Tojikiston energotizimini bog‘lovchi tarmoqlarning texnik-muhandislik holatini o‘rgandi, -dedi U. Urunov.

 

O‘zA.

Manba: https://uza.uz/oz/posts/markaziy-osiyo-energetiklari-tojikistonda-bu-yil-kuz-qish-mavsumi-betalafot-otadimi_416119

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>